Farg‘ona viloyati Rishton tumanida quvib o‘tish qoidasini buzgan Matiz ikkita avtomobil bilan to‘qnashdi, deya xabar bermoqda YHXBB matbuot xizmati.
Ma’lum bo‘lishicha, voqea Rishton tumani hududidan o‘tuvchi 4-R 112 Farg‘ona halqasi avtomobil yo‘lining 261-kilometrida sodir bo‘lgan.
Aniqlanishicha, tumanning Usta Abdulla ko‘chasida yashagan M. ismli ayol Matiz mashinasini boshqarib ketayotib, quvib o‘tish qoidasini buzgan. Qoidabuzarlik sabab ayol boshqaruvidagi Matiz Farg‘ona shahar Yangi zamon ko‘chasida yashovchi erkakka tegishli Spark avtomobiliga urilib, qarama-qarshi yo‘nalishda kelayotgan Nexia bilan to‘qnashib ketgan.
Mazkur hodisa oqibatida ayol haydovchi shifoxonada vafot etgan.
Bundan avval Surxondaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida Damas tut daraxtiga borib urilgani, Navoiyda yuk avtomobili bilan to‘qnashgan velosipedchi shifoxonada vafot etgani hamda Jizzaxda xavfli burilishda boshqaruvni yo‘qotgan Nexia yuk mashinasi bilan to‘qnashuv sodir etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)