O‘zbekistonda yanvar—may oylarida qaysi avtomobil eng ko‘p ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
Avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2021-yilning yanvar—may oylarida Cobalt avtomobili eng ko‘p ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
2021-yilning yanvar—may oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar:
Cobalt — 25 059 dona;
Damas — 22 799 dona;
Lacetti—Gentra — 16 848 dona;
Nexia T-250 — 11 130 dona;
Labo — 5016 dona;
Spark — 4942 dona.
Bundan avval Rossiyada Spark, Nexia va Cobalt savdosi qayta tiklanganiga bir yil to‘lishi munosabati bilan mamlakatda qancha Chevrolet modellari sotilgani ma’lum qilingani, O‘zbekistonda 2021-yil boshidan buyon qancha Skoda Kodiaq sotilgani ma’lum bo‘lgani hamda “O‘zavtosanoat” rahbari O‘zbekistonda elektromobillarni ishlab chiqarishni boshlash uchun Damas’lar kerakligini aytgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)