O‘zbekiston 2021-yilda birinchi marta oltin eksport qildi, deya xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasiga tayanib Spot.
Qayd etilishicha, may oyida mamlakat 1,2 milliard dollarlik oltin sotgan. Buning natijasida ham import, ham tashqi savdo umumiy hajmi oshgan.
2020-yil birinchi yarmida O‘zbekiston oltinni faol ravishda sotdi. Ushbu davrda oltin qimmatlashib, bir unsiya uchun 2000 AQSh dollariga yetdi. Sentabr oyida oltin narxi pasayib, eksport qilish to‘xtatildi.
Mavzuga doir: “Dollar o‘rniga” — Markaziy bank oltin quymalarning iqtisodiy samarasi haqida ma’lumot berdi
Aprel oyida Markaziy bank mutasaddilari narxlar ko‘tarilganda yana oltin eksport qilishni boshlashi haqida ma’lum qilgandi. May oyida oltin unsiyasi 1900 dollarga ko‘tarilishi bilan O‘zbekiston uni sotishni boshladi. Iyun oyida uning narxi yana tusha boshladi.
2021-yilning may oyida O‘zbekiston zaxirasidagi oltin 0,4 million troya unsiyasiga (taxminan, 12,4 tonnaga) kamaygani haqida xabar berilgandi. Shunga qaramay, oltin zaxirasi birinchi marta 35 milliard dollardan oshdi.
Mavzuga doir: O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi yana pastladi
Izoh (0)