• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Dahshatli hujum chizig‘i tartibli himoyaga qarshi. Fransiya—Germaniya to‘qnashuvlari tarixi va faktlar

    So‘nggi o‘n yillikda Fransiya va Germaniya juda ko‘p o‘zaro to‘qnash keldi. Yevro—2020 da ham ikkala terma jamoa F guruhidan joy oldi. Myunxenda bo‘lib o‘tadigan o‘yinda nemislar Yevro—2016 yarim finalidan qolgan alamini olishi mumkin.

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov

    Foto: “Daryo” / Husan Sobitov
    • 2016-yilgi Yevro yarim finalida Fransiya Germaniyani 2:0 hisobida taslim etdi. Ikki yil oldin esa nemislar Fransiyani Jahon Chempionati chorak finalida mag‘lub etgandi.
    • Ikkala terma ham muntazam ravishda Yevropa chempionati pley-offida o‘ynaydigan jamoalar hisoblanadi.
    • Fransuzlar — amaldagi Jahon chempioni. Ular Jahon Chempionati va Yevropa chempionatini ketma-ket ikki marta qo‘lga kiritgan jamoaga aylanishi mumkin (1998-yil JCh va Yevro—2000 chempioni bo‘lgan). 2016-yilda fransuzlar nemislarning bu ishni amalga oshirishiga to‘sqinlik qilgan.
    • 2016-yil 7-iyulda Yevro yarim finalida Antuan Grizmann Germaniya darvozasiga 2 ta gol urib, jamoasini finalga olib chiqqandi.
    • Yevro—2016 dan keyin Fransiya va Germaniya o‘zaro 3 ta o‘yin o‘tkazdi. Birinchi o‘yin Fransiyaning JCh—2018 g‘olibligidan so‘ng Myunxenda bo‘lib o‘tdi. 2018-yil 6-sentabrda bo‘lib o‘tgan Millatlar Ligasi doirasidagi o‘yin 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
    • Javob o‘yini 2018-yil 16-oktabrda “Stad-de-Frans” stadionida bo‘lib o‘tdi. Toni Kroos penaltidan hisobni ochdi. Shundan so‘ng Grizmann 2 ta gol urdi va fransuzlarning g‘alabasini ta’minladi. Hal qiluvchi golni 80-daqiqada penaltidan urdi.
    • 2017-yil 14-noyabrda Germaniya va Fransiya o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi Kyoln shahrida bo‘lib o‘tdi.  Nemislar 2 marta hisobni tenglashtirdi. Yakuniy hisob 2:2. Fransuzlar tarkibida Aleksandr Lyakazet dubl qayd etgan bo‘lsa, nemislardan Timo Verner va Lars Shtindl o‘z hisobiga gol yozdirib qo‘ydi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Jamoalar o‘zaro 31 o‘yin o‘tkazgan, ulardan 14 tasida Fransiya, 9 tasida esa Germaniya g‘alaba qozongan. Oxirgi 7 o‘yindan buyon jamoalarni Didye Desham va Yoaxim Lyov boshqaryapti.
    • Fransuzlarning nemislar bilan mag‘lubiyatsiz seriyasi 5 taga yetdi (3 g‘alaba, 2 durang). Fransiya oxirgi marta JCh-2014 chorak finalida nemislarga mag‘lub bo‘lgandi. Rio-de-Janeyrodagi yagona gol muallifi Mats Hummels bo‘lgan.
    • Ikkala jamoa yirik musobaqalarning final bosqichlarida 5 marta to‘qnash kelgan va 2 tadan g‘alaba va 1 ta o‘yinda durang natija qayd etgan. 3:3 hisobida durang natija qayd etilgan o‘yinda GFR penaltilar seriyasida Fransiyani 5:4 hisobida mag‘lub etib, JCh—1982 finaliga yo‘l olgandi.
    • Oradan 4 yil o‘tib, Meksika maydonlarida bo‘lib o‘tgan mundialda Fransiya va GFR yana bir bor yarim finalda to‘qnash keldi. Bu safar nemislar asosiy vaqtlarda 2:0 hisobida g‘alaba erishgan. Ikkala finalda ham GFR mag‘lubiyatga uchragan.
    • Yevro—2016 dagi nemislar ustidan qozonilgan g‘alaba Fransiya uchun JCh—1958 bronza medali uchun bo‘lib o‘tgan o‘yindan so‘ng birinchi rasmiy uchrashuvdagi g‘alaba edi. O‘shanda fransuzlar 6:3 hisobida raqibidan ustun kelgan.
    • Fransiyaning nemislar bilan mehmondagi uchrashuvlari statistikasi: g‘alaba: 4, durang: 4, mag‘lubiyat: 5. Oxirgi 5 o‘yinda esa umuman mag‘lubiyatga uchramayapti (G‘3, D2). Fransiya oxirgi marta 1987-yil Berlinda bo‘lib o‘tgan mehmondagi uchrashuvda mag‘lub bo‘lgandi.
    • Olivye Jiru 2012-yil 29-fevral sanasida Fransiya terma jamoasida debyut qilgandi va birinchi golini ham o‘sha kuni urgandi. Bu Bremenda bo‘lib o‘tgan Germaniyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi edi. Mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozongan.
    • Germaniya va Fransiya Jahon Chempionati va Yevropa chempionatlari tarixida ilk bor bir guruhdan joy olyapti.
    • Deshamning Germaniyaga qarshi o‘yinlari: G‘3, D2, M2. Lyovning Fransiyaga qarshi statistikasi: G‘2, D2, M4.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Yevro faktlari: Fransiya
    • 2016-yilda Fransiya uchinchi Yevropa chempionati finaliga chiqdi. 1984 va 2000-yilgi finallarda g‘alaba qozongan fransuzlar o‘z tarixida 3-bor Yevro sovriniga ega chiqishi mumkin edi. Ammo “Stad-de-Frans” stadionida bo‘lib o‘tgan finalda Portugaliya Fransiyani 1:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va chempionga aylandi.
    • Yevro—2016 da Desham shogirdlari Shveysariya, Albaniya va Ruminiya terma jamoalaridan iborat guruhda 1-o‘rinni egalladi. Nimchorak finalda fransuzlar Irlandiyani 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Chorak finalda Islandiya 5:2 hisobida taslim etildi. Yarim finalda Grizmanning dubli Germaniya ustidan g‘alaba qozonishga yordam berdi. Finalda esa Portugaliyaga imkoniyat boy berildi.
    • 2018-yilgi mundial finalida Desham shogirdlari Xorvatiya ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozondi.
    • Didye Desham futbolchi sifatida 1998-yilgi mundial va 2000-yilgi Yevropa chempionatini qo‘lga kiritgan. Endi esa murabbiy sifatida bu natijani takrorlashi mumkin. Fransiya bilan bir qatorda GFR (Yevro—1972, JCh—1974) va Ispaniya (Yevro—2008, JCh—2010, Yevro—2012) bir vaqtning o‘zida Yevropa va mundial sovrinlariga ega chiqqan.
    • Yevro—2020 saralash bosqichida fransuzlar H guruhida birinchi o‘rinni egalladi. Saralash bosqichidagi 10 ta o‘yinning 8 tasida g‘alaba qozondi (D1, M1) va 25 ochko to‘pladi.
    • 2019-yil 8-iyundagi Turkiyaga qarshi o‘yinda qayd etilgan 2:0 hisobidagi mag‘lubiyat fransuzlarning Yevropa chempionatidagi oxirgi 17 o‘yinda asosiy vaqtlardagi yagona mag‘lubiyati hisoblanadi (G‘13, D3).
    • Yevro—2020 fransuzlar uchun ketma-ket ishtirok etadigan 13-yirik musobaqasi bo‘ladi. Oxirgi marta 1994-yilgi mundialda Fransiya ishtirok etmagan edi. Shundan buyon Fransiya 5 marta finalda qatnashdi va ularning 3 tasida g‘alaba qozondi.
    • Bu musobaqa fransuzlar tarixidagi 10-Yevro. Ketma-ket 8-marta ushbu musobaqada ishtirok etyapti. Oxirgi 1988-yilgi Yevropa chempionati fransuzlarsiz bo‘lib o‘tgandi.
    • Fransiyaning Germaniya terma jamoasiga (shu jumladan GDR, GFR) qarshi o‘yinlari statistikasi: G‘8, D8, M7. 2006-yil Berlinda bo‘lib o‘tgan mundialda finalgacha chiqqan Fransiya penaltilar seriyasida Italiyaga imkoniyatni boy beradi. Ushbu o‘yinda ham asosiy daqiqalarda durang natija qayd etilgani bois ikkala jamoa o‘rtasidagi o‘zaro to‘qnashuvlarda Fransiyaning mag‘lubiyatsiz seriyasi 12 o‘yinga yetdi (G‘7, D5).
    • JCh—2006 da Fransiya birinchi o‘yinini Myunxenda o‘tkazgandi. Yarim finalda Raymon Domenek jamoasi Portugaliyani 1:0 hisobida mag‘lub etgandi. Oradan 12 yil o‘tib, Germaniya va Fransiya Myunxenda durang o‘ynadi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter
    Yevro faktlari: Germaniya
    • Nemislar ketma-ket 13-marta final bosqichlarida ishtirok etyapti. GFR 1968-yilgi Yevropa chempionatiga chiqa olmaganidan buyon hech qaysi Yevro musobaqasi nemislarsiz o‘tmayapti.
    • Nemislar Yevroda 3 marta: 1872, 1980 va 1996-yillarda chempion bo‘lgan. Yana 3 marta finalda o‘ynagan. Yevro—2004 da guruh bosqichida qolib ketgan Bundestim shundan buyon Yevro musobaqalarida kamida yarim finalga qadar yetib boryapti. Germaniyadan tashqari faqat Ispaniya Yevropa chempionatida 3 marta chempion bo‘lgan.
    • Yevro—2016 yarim finalida Germaniya musobaqa mezbonlariga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘lgan. 2014-yilgi Jahon Chempionati sovrindori bo‘lgan nemislar guruh bosqichini birinchi o‘rin bilan yakunlab, pley-offga yo‘l olgan. Nimchorak finalda Slovakiya 3:0 hisobida taslim etildi va chorak finalda Italiyadan penaltilar seriyasi bo‘yicha ustunlikka erishdi.
    • Yevro—2020 saralash bosqichida Lyov jamoasi 8 o‘yinning 7 tasida g‘alaba qozondi (M1). Faqatgina Niderlandiya 2019-yil 6-sentabrda nemislarni mag‘lub etishga muvaffaq bo‘lgan.
    • Germaniya terma jamoasi 26-marta ketma-ket xalqaro musobaqalarning final bosqichlarida ishtirok etyapti.
    • Birinchi tur o‘yinidan oldin nemislar saralash bosqichida “Alyans Arena”da 7 o‘yinning 4 tasida g‘alaba qozondi (G‘4, D1, M2). Yevropa chempionatidagi eng yirik mag‘lubiyatlaridan birini (Yevro—2008 da Chexiya 0:3 hisobida g‘alaba qozongan) aynan shu stadionda qabul qilgan.
    • Germaniya JCh—2006 dagi “Alyans Arena”da bo‘lib o‘tgan ikkala o‘yinda ham g‘alaba qozongan. Guruh bosqichida Kosta-Rika 4:2 hisobida mag‘lub etilgan bo‘lsa, nimchorak finalda Shvetsiya 2:0 hisobida taslim etilgan. Nemislar Myunxenda 1974-yilgi mundial finalida qatnashib, g‘alaba qozongan. Niderlandiya 2:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

    Foto: Twitter

    Foto: Twitter

    Jamoalar va futbolchilarning o‘zaro aloqalari:

    • Fransiyada to‘p surgan:
    Yulian Draksler (“PSJ”, 2017-yildan beri o‘ynamoqda)

    Tilo Kerer (“PSJ”, 2018-yildan beri o‘ynamoqda)

    Kevin Trapp (“PSJ”, 2015—2018-yillarda o‘ynagan)

    • Germaniyada to‘p surgan:
    Lukas Ernandes (“Bavariya”, 2019-yildan beri o‘ynamoqda)

    Benjamen Pavar (“Shtutgart”, 2016—2019, “Bavariya”, 2019-yildan beri o‘ynamoqda)

    Korenten Tolisso (“Bavariya”, 2017-yildan beri o‘ynamoqda)

    Kingsli Koman (“Bavariya”, 2017-yildan beri o‘ynamoqda)

    Alassan Plea (“Borussiya” Myonxengladbax, 2018-yildan beri o‘ynamoqda)

    • Birga o‘ynagan:
    Ferlan Mendi va Toni Kroos (“Real”, 2019-yildan beri)

    Korenten Tolisso va Manuel Noyer, Yozua Kimmix, Niklas Zyule, Tomas Myuller (“Bavariya”, 2017-yildan beri)

    Korenten Tolisso va Serj Gnabri, Leon Goretska, Tomas Myuller (“Bavariya”, 2018-yildan beri)

    Lukas Ernandes, Benjamen Pavar va Manuel Noyer, Yozua Kimmix, Niklas Zyule, Serj Gnabri, Leon Goretska, Tomas Myuller (“Bavariya”, 2019-yildan beri)

    Kingsli Koman va Manuel Noyer, Yozua Kimmix, Tomas Myuller (“Bavariya”, 2015-yildan beri)

    Kingsli Koman va Niklas Zyule (“Bavariya”, 2017-yildan beri)

    Kingsli Koman va Serj Gnabri, Leon Goretska (“Bavariya”, 2018-yildan beri)

    Kingsli Koman, Korenten Tolisso va Mats Hummels (“Bavariya”, 2017—2019)

    Lukas Ernandes, Benjamen Pavar, Kingsli Koman, Korenten Tolisso va Leon Goretska (“Bavariya”, 2019-yildan beri)

    Presnel Kimpembe va Kevin Trapp (“PSJ”, 2016—2018)

    Kurt Zuma va Antonio Ryudiger (“Chelsi”, 2017, 2019-yildan beri)

    Olivye Jiru va Antonio Ryudiger (“Chelsi”, 2018-yildan beri)

    Olivye Jiru va Serj Gnabri (“Arsenal”, 2012—2015)

    Markus Tyuram va Mattias Ginter, Yonas Hofmann, Florian Noyhaus (“Borussiya” Myonxengladbax, 2019-yildan beri)

    Kurt Zuma, Ngolo Kante, Olivye Jiru va Timo Verner, Kay Haverts (“Chelsi”, 2020-yildan beri)

    Vissam Ben-Yedder va Kevin Folland (“Monako”, 2020)

    Andrien Rabio va Emre Jan (“Yuventus”, 2019—2020)

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters
    • 2016/17-yilgi Chempionlar Ligasi guruh bosqichida Antuan Grizmann “Bavariya”ga qarshi o‘yinda penaltidan unumli foydalana olmagandi. Shunda ham uning “Atletiko”si 1:0 hisobida g‘alaba qozongan. Bir mavsum avval fransuz futbolchisi yarim finalda Manuel Noyer darvozasini ishg‘ol qilgan va madridliklarning finalga chiqishini ta’minlagandi.
    • 2019-yil 1-oktabrda Gnabri Chempionlar Ligasida Lyoris darvozasiga 4 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan. “Bavariya” mehmonda “Tottenhem” ustidan 7:2 hisobida g‘alaba qozongandi.
    • Benzema 2020/21-yilgi Chempionlar Ligasida “Borussiya” Myonxengladbax darvozasiga 3 ta gol urdi. O‘sha o‘yinda “Borussiya M” safida Matias Ginter va Florian Noyhauslar ishtirok etgandi. Birinchi bo‘limda Yonas Hofmann ham bor edi.
    • Benzema 2017/18-yilgi Chempionlar Ligasida “Bavariya” qarshi yarim final javob o‘yinida dubl qayd etgan (2:2). Myunxenliklar tarkibida Hummels, Kimmix, Zyule va Myuller bor edi. Madridliklar 4:3 hisobida g‘alaba qozongan.
    • Benzema oxirgi marta 2014-yilgi mundial chorak finalida Germaniyaga qarshi o‘yinda terma jamoa sharafini himoya qilgandi. O‘sha o‘yinda g‘alaba golini Hummels urgan.
    • Kilian Mbappe Chempionlar Ligasi chorak finalida “Bavariya”ga qarshi o‘yinda dublga erishdi va parijliklarning 3:2 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi. Mezbonlar tarkibida Zyule, Kimmix, Goretska, Myuller va Sane bor edi.
    • Fransiya terma jamoasi bosh murabbiy Desham “Olimpik” sardori bo‘lgan. Jamoasi bilan birga 1993-yilda Myunxenda bo‘lib o‘tgan Chempionlar Ligasi finalida “Milan” ustidan g‘alaba qozongan. Oradan 4 yil o‘tib, “Yuventus” tarkibida yana finalga chiqdi. “Borussiya” Dortmund turinliklar ustidan g‘alaba qozongandi.

    Mavzuga doir: “O‘lim guruhi”da kurash boshlanmoqda: Ronaldu boshliq Portugaliya autsayder bilan, Fransiya esa “nemis mashinasi”ga qarshi o‘ynaydi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    15.06.2021, 22:33   Izoh (0)   34129
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Raqamlar so‘zlaganda: afsonaviy rekordga yaqinlashayotgan Krishtianu Ronaldu

    15.06.2021, 19:24

    “O‘lim guruhi”da kurash boshlanmoqda: Ronaldu boshliq Portugaliya autsayder bilan, Fransiya esa “nemis mashinasi”ga qarshi o‘ynaydi

    15.06.2021, 17:48

    Krishtianu Ronaldu matbuot anjumanida Coca-Cola’ni yonidan chetga surib qo‘ydi. U nega bunday qilganini bilasizmi?

    15.06.2021, 16:48

    O‘zbekiston terma jamoasi uchun yilning eng muhim o‘yini, Messidan navbatdagi rekord va “Spartak M”ga zarar keltirayotgan Oston O‘runov. Eng so‘nggi sport yangilik...

    15.06.2021, 09:12

    Kopa Amerika—2021. Messi gol urgan o‘yinda Argentina terma jamoasi Chilini mag‘lub etolmadi

    15.06.2021, 07:33

    Yevro—2020. Ispaniya Sevilyada Shvetsiyani yutolmadi

    15.06.2021, 02:00
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Eng chuqur g‘or, eng baland ko‘prik va eng sirli maskan – Namanganga boramiz


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    Ilg‘or qurilish texnologiyalari asosida qad rostlayotgan Quyi Chotqol GES


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida qon kasalliklarini zamonaviy davolash usullari: leykoz va boshqa kasalliklar


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    Oqtepa Lavashdan “Kulgili narxlar”: sevimli taomlar — har bir pozitsiya 10 mingdan 20 ming so‘mgacha bo‘lgan maxsus narxlarda


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Kim Chen In artilleriya mashqlarida qatnashdi (foto)

    Dunyo | 30 may, 12:55

    O‘zbekiston terma jamoasi Braziliyaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazishi mumkinmi?

    Sport | 30 may, 12:45

    Onkolog saraton xavfini ikki baravar oshiradigan mahsulotlarni sanab o‘tdi

    Layfstayl | 30 may, 12:40

    “Xavotirlanishga asos yo‘q” — Nurmat Otabekov O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyat haqida

    O‘zbekiston | 30 may, 12:29

    AQSH fuqarosini qiynoqqa solgani uchun Suriya 20 mln dollar jarimaga tortildi

    Dunyo | 30 may, 12:14

    Paket bilan bo‘g‘ishgan, kuydirish bilan qo‘rqitishgan: Toshkentda fuqarolar bo‘yniga jinoyat ilmoqchi bo‘lgan IIO xodimlari jazolandi

    O‘zbekiston | 30 may, 12:06

    “Al-Hilol” Fernandesh transferini deyarli yakunladi — manba

    Sport | 30 may, 12:02
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.