O‘zbekistonda Turkiyadan keluvchilarga qo‘yilgan 14 kunlik majburiy karantin talabi bekor qilindi. Bu haqda O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasi xabar berdi.
Turkiyada epidemiologik vaziyat barqarorlashayotganligi inobatga olinib shunday qarorga kelingan.
Ammo O‘zbekistonga kelish uchun aviaqatnovga ro‘yxatdan o‘tishdan oldin so‘nggi 72 soatdan ko‘p bo‘lmagan muddatda COVID-19’ga faqat PZR orqali tekshirilib, manfiy ko‘rsatkichga ega deb topilgan ma’lumotnomani taqdim etish talabi saqlanib qoladi.
Eslatib o‘tamiz, 11-iyun kuni Turkish Airlines aviakompaniyasiga tegishli samolyot Istanbuldan Urganchga ilk parvozni amalga oshirdi. Ushbu aviakompaniya 8-iyun kuni Istanbul—Farg‘ona—Istanbul yo‘nalishida ham ilk qatnovni amalga oshirgandi.
Izoh (0)