O‘zbekiston 2021-yilning dastlabki to‘rt oyida 628 885 dona mobil telefon import qilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar qildi.
Qo‘mita ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilning yanvar–aprel oylari davomida O‘zbekiston xorijdan import qilingan telefonlarning umumiy qiymati 45,4 million AQSh dollariga teng bo‘lgan.
Telefon importi 2020-yilning mos davri bilan solishtirilganda 399 568 taga oshgan. O‘zbekiston quyidagi 10 ta davlatdan mobil telefonlar import qilgan:
- Xitoydan – 422,1 ming dona;
- Vyetnamdan – 72,9 ming dona;
- Qozog‘istondan – 63,5 ming dona;
- BAAdan – 42,6 ming dona;
- Hindistondan – 27,7 ming dona;
- Rossiyadan – 600 dona;
- Yaponiyadan – 16 dona.
Izoh (0)