Astana Motors kompaniyasi 2021-yilda O‘zbekistonda 7 ming dona Hyundai avtomobillarini sotishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Forbes Kazakhstan’ga tayanib, Spot xabar berdi.
Hozirda Astana Motors’ning mamlakatda to‘qqizta dileri bor — to‘rttasi xususiy va beshtasi mustaqil. Kompaniya Toshkent, Buxoro, Samarqand, Namangan va Farg‘onada ish olib bormoqda.Ma’lumot uchun, 2019-yilda Astana Motors O‘zbekistonda 244 ta, 2020-yilda esa 3,5 mingta avtomobil sotgan. Avvalroq Astana Motors rahbari Nurlan Smagulov O‘zbekiston avtomobil bozorini baholagan edi. “Bu juda qiziq bozor, biz u yerda o‘zimizni qulay his qilamiz. U yerning o‘z qonunlari va o‘z ishlab chiqaruvchilarining himoyasi bor. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan integratsiya masalalarini muhokama qilyapmiz”, — degan Smagulov.
Astana Motors, shuningdek, mahalliy ishlab chiqaruvchilar bilan hamkorlik imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan.
Izoh (0)