Tarsaki yegan prezident, muqaddas shahar yaqinidagi yirik yong‘in, La-Manshni qayiqda kesib o‘tgan homilador ayol. 9-iyun suratlari
Dunyoning turli nuqtalarida 9-iyun kuni kamera obyektiviga muhrlangan suratlarni taqdim etamiz.
Ukrainadagi bog‘da oqqush polaponi o‘z onasining patlarini tortmoqda.Foto: Getty Images
Xitoyning Sendu shahrida milliy liboslarini kiygan tashrif buyuruvchilar lotus gullari bog‘ida sayr qilmoqda.Foto: Getty Images
RSPCA NSW notijorat xayriya tashkiloti Sidneydagi Taronga hayvonot bog‘ining O‘rdakburunlarni qutqarish va reabilitatsiya qilish markazini moliyalashtirish uchun 600 ming dollar xayriya qildi.Foto: Getty Images
Hukumat tomonidan yoqilg‘ilarni qazib olish qo‘llab-quvvatlanishiga qarshi Britaniyaning Sent-Ayvs shahrida norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi.Foto: Getty Images
Kuchli yomg‘irdan so‘ng Mumbayning bir qismi suv ostida qoldi.Foto: AP Photo
Mo‘g‘ulistonda prezident saylovlari boshlandi.Foto: EPA
Kaliforniyadagi Orovil suv omboridagi suv miqdori qurg‘oqchilik tufayli 42 foizgacha kamayib ketdi. Kaliforniya hukumati vaziyatni “jiddiy” deb e’lon qildi.Foto: Getty Images
Janubiy Afrikadagi Yoxannesburg shahrida har yili 18-iyulda o‘tkaziladigan Nelson Mandela kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Bu kunda mamlakat aholisi sovuq qish paytida muhtojlarga tarqatish uchun yopinchiq to‘qiydi. BMT butun dunyo bo‘ylab odamlarni Xalqaro Nelson Mandela kunini boshqalarga foyda keltiradigan ish bilan nishonlashga undaydi.Foto: EPA
Fransiyaning “Yetti qush” qo‘riqxonasi hududiga kiruvchi Ruzich oroli yaqinida suzib yurgan dengiz to‘tisi.Foto: AFP
Indoneziyada COVID-19 kasalligidan vafot etganlar soni 52 ming kishiga yetdi. Suratda Jakartada o‘tkazilayotgan koronavirus qurbonlarining dafn marosimi.Foto: “TASS”
AQShdagi turli qabilalardan kelgan tub aholi vakillari Kongress binosi oldida mahalliy hududlar chegaralarini belgilash qoidalarini o‘zgartiruvchi qonun loyihasiga qarshi norozilik bildirmoqda.Foto: AFP
Janubiy Koreyaning Kvanju shahridagi besh qavatli bino quladi. Voqea oqibatida 8 kishi jarohat oldi.Foto: EPA
Hindistonning Guvahati shahrida koronavirus sabab joriy qilingan cheklovlar yumshatilganidan so‘ng poyabzal do‘konini ochayotgan sotuvchi.Foto: AP Photo
Quddus atrofidagi o‘rmonlarda yirik yong‘in sodir bo‘lmoqda.Foto: AP Photo
Liverpuldagi soborga tashrif buyurganlar “Tinchlik kabutarlari” nomli badiiy installyatsiya ichiga koronavirus oqibatida vafot etganlarni xotirlash uchun tugmacha tashlamoqda.Foto: PA
Kanadadagi London shahrida masjidga qilingan hujum oqibatida 4 nafar musulmon halok bo‘ldi. Suratda ushbu hodisadan keyin “Men musulmonman. Men (bundan) faxrlanaman” yozuvi yozilgan plakat ko‘tarib turgan Hanin ismli qizaloq.Foto: Reuters
Teyn-L’Ermitajga tashrifi chog‘ida jamoat vakili tomonidan tarsaki tushirilganidan so‘ng xavfsizlik xizmati tomonidan himoyalanayotgan Fransiya prezidenti Emmanuel Makron.Foto: Reuters
Buyuk Britaniyaning Duvr shahrida chegara xizmati La-Mansh bo‘g‘ozidan kemada suzib o‘tishga uringan homilador ayolni shifoxonaga olib ketmoqda.Foto: Getty Images
Bosniya va Gersegovinaning Srebrenitsa-Potokari genotsidi uchun tashkil qilingan yodgorlik markazida yig‘lab turgan musulmon ayol.Foto: Reuters
Izoh (0)