• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yugoslaviya ustidagi siyosiy tajriba. Bosniya va Gersogovina urushi saboqlari

    1992-yil bahor oyining dastlabki kunlarida Bosniya va Gersogovina hududida ikkinchi jahon urushidan so‘ng Yevropada kuzatilgan eng qirg‘inbarot urush kelib chiqdi. 1995-yilda urush harakatlari to‘xtilguniga qadar mazkur urushda, turli xil manbalarga ko‘ra, 70 mingdan 200 mingga yaqin inson qurbon bo‘ldi. Bosniyadagi siyosiy inqiroz esa Yugoslaviya davlatchiligining poydevoriga hal qiluvchi zarba bo‘ldi. Oradan 29 yil o‘tgan bo‘lsa-da Bolqondagi vaziyat hozirda ham qatliomning takrorlanishi mumkinligidan darak berib turadi. “Daryo” nashri mazkur urushning sabablari, borishi va imzolangan sulh haqida hikoya qiladi.

    Urush qanday boshlandi?

    Bugun sal kam 30 yil oldin yuzaga kelgan Bosniya va Gersegovinadagi urushni Yevropa Ittifoqi hal qilingan masala deb qarasa-da, ammo qarama-qarshi taraflarning hozirga qadar bir-birlariga bildirib kelayotgan e’tirozlari mavjud. Bugungi Bosniya va Gersegovina Yevropa qit’asining eng zaif iqtisodiyotlaridan biri bo‘lish bilan birgalikda, mamlakatda korrupsiya va jinoyatchilik ancha keng yoyilgan. Bosniya va Gersegovina de fakto ikki birlashgan davlatning federatsiyasi sanaladi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    Bosniya va Gersegovina federasiyasi va ikki anklavga ajralgan Serb respublikasi. 2015-yil ma’lumotlariga ko‘ra, Bosniya va Gersegovinada asosan boshnoq musulmonlar istiqomat qiladi. 2016-yilda mamlakat Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lish uchun ariza beradi. Serb respublikasida pravoslav dinidagi serblar istiqomat qilsa-da, ayni paytda bu ta’n olinmagan respublikada musulmon boshnoqlarning salmog‘i ham oshib bormoqda.

    1992-yilda mamlakatda boshlangan harbiy nizolarning paydo bo‘lishida Yugoslaviya ichidagi etnik nizolar turtki bo‘ladi. Slovenlarning mustaqillik uchun harakatlaridan ruhlangan xorvat millatchilari Zagrebning mustaqilligini e’lon qiladi. Mahalliy serblar esa Serb Krainasi respublikasi tuzilganligini e’lon qiladi. 1991-yilning ikkinchi yarmida Serb Krainasini dastaklagan Belgrad xorvatlarga qarshi urush e’lon qiladi. 1992-yilning yanvar oyida BMT vositachiligida ikki o‘rtada kelishuv imzolanadi.

    Biroq 1992-yilning mart oyida Bosniyada navbatdagi urush uchog‘i ochiladi. Bosniyada serblar, xorvatlar va boshnoqlar o‘rtasida urush kelib chiqadi. Bosniya va Gersegovinaning ko‘pchilikni tashkil qilgan serb millati vakilari Bosniyani sosialistik davlat tarkibidan mustaqil bo‘lishini istamasdi. Bosniya va Gersegovinaning serb millati yig‘ini tarafidan Serb respublikasining tashkil topganligini e’lon qilinishi boshnoqlar va xorvatlar o‘rtasida urushning katalizatori bo‘ldi. 1992-yilning 5-mart sanasida Sarayevoda parlament Bosniya va Gersegovina mustaqilligini tasdiqladi. Xorvatlar o‘z hududlarini kengaytirib olish istagida serblarga qarshi urush harakatlarini to‘xtatib, boshnoqlarga qarshi urush boshlaydi. Urush qonli kechadi, genotsidga qo‘l uriladi. Chegaradosh Posavina hududida xorvatlar 27-mart sanasida dastlabki etnik tozalov amaliyotiga ham qo‘l uradi. Sarayevoning qamal qilinishi, Srebrennitsadagi qatliom boshnoq urushining eng qora kunlari bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1992-yilning bahor—yoz oylarida serblar boshnoq musulmonlarni Sharqiy Bosniyadan siqib chiqarishga muvaffaq bo‘ladi. Qo‘lga tushgan musulmonlar harbiy lagerlarga yuboriladi, ularning uy-joyi talon-taroj qilinadi. Ayollar tahqirlanadi va zo‘rlanadi. 1992-yilning 27-iyun sanasida serblar urush tarixidagi eng shafqatsiz harakatni sodir etadi. Bakavas qishlog‘idagi 70 ga yaqin boshnoq musulmonlari tiriklayin yoqib yuboriladi. Boshnoqlar ham, o‘z navbatida, asirga olingan serblarni jismonan yo‘q qiladi. Jepa, Gorajde aholi punktlaridagi serblarning etnik tozalovi yuz beradi.

    5-aprel sanasida Serbiya respublikasi Yugoslaviya armiyasi ko‘magida Bosniya va Gersegovina poytaxti Sarayevoni qamal qiladi. Serblar bu hujum orqali Bosniya va Gersogovani poytaxti va yirik shaharlarini bosib olishni reja qiladi. BMTning nizolashayotgan taraflarni kelishtirish siyosati ish bermaydi. Uch yarim yil davom etgan Sarayevo qamali oqibatida minglab ayollar, keksalar, bolalar ochlikdan halok bo‘lgan bo‘lsa, qolganlari serblarning o‘qlaridan hayotdan ko‘z yumdi.

    Srebrenitsadagi qatliomda esa minglab musulmonlar serb askarlari tarafidan tahqirlanadi, otib tashlanadi. Srebrenitsadagi qatliomda serb generali Ratko Mladich askarlari faol bo‘ldi. 2017-yilda Gaaga xalqaro sudi Ratko Mladichni umrbod qamoq jazosiga hukm qildi.

    Deyton kelishuvi

    1994-yilning mart oyi oxirlarida Vashingtonda xorvat-musulmon konfederatsiyasini tuzish borasida muzokaralar olib boriladi. Muzokaralarning asosiy maqsadi Bosniya va Gersegovinada yuzaga kelgan og‘ir vaziyatga yechim topish va serblarni aybdor sifatida qayd etib, nizolashayotgan taraflardan ikkisini yarashtirish bo‘ladi. Biroq AQShning vaziyatni bu tarzda hal qilishga urinishi vaziyatni yanada murakkablashtirib yuboradi. Bosniya va Gersegovina qurolli kuchlari serblarga qarshi urushni davom ettira boshlaydi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    1994-yilning may oyida Jenevada Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniya tashqi ishlar vazirlari va BMT hamda Yevropa Ittifoqi vakillari yordamida muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Muzokaralar chog‘ida Yevropa davlatlari vakillari Bosniya va Gersegovina hududini etnik guruhlarning manfaatlarini hisobga olgan holda 49 % serblarga, 51 foiz musulmon va xorvatlar federasiyasi ittifoqiga berish taklif qilinadi. Bunday taklif esa Bosniya va Gersegovina hududining 70 foizini nazoratiga olgan serblarni qoniqtirmasdi. Muzokaralar yana boshi berk ko‘chaga kirib qoladi. Ammo muzokaralarda urushni bir oy muddatga to‘xtatib turish borasida kelishuv imzolanadi.

    Bosniya va Gersegovinadagi urushning yakuniy qismida 1995-yilning avgust oyida Markala bozoridagi portlash oqibatida yuzga yaqin insonlar qurbon bo‘ladi. NATO kuchlari mazkur portlashni bosniyalik serblar zimmasiga yuklaydi va ular egallab turgan hududlarni artilleriyadan nishonga oladi. Serblar muzokaralar stoliga o‘tirishga majbur bo‘ladi. Natijada, xorvatlar va boshnoqlar serblarning katta hududlarini egallab olishga erishadi. 1995-yilning 12-oktabr sanasida o‘t ochishni to‘xtatish borasida kelishuv imzolanadi.

    AQShning Ogayo shtati Deyton shahrida tinchlik muzokaralarining yakuniy qismi bo‘lib o‘tadi. Bosniya va Gersegovina borasida tinchlik shartnomasini imzolash esa 1995-yilning 14-dekabr sanasida Parijda bo‘lib o‘tadi. Parij bitimiga ko‘ra Bosniya va Gersegovina federasiyasi hamda Serb Respublikasidan iborat mustaqil davlat tashkil etildi. BMT mintaqaga 60 ming nafar o‘z moviy kaskalaridan iborat kuchlarni bitim shartlari qanday bajarilayotganligini kuzatish uchun kiritishga qaror qiladi. Shu tariqa to‘rt yil mobaynida butun Yevropani larzaga solgan Bosniya va Gersegovinadagi urush nihoyasiga yetadi.

    Jahongir Ergashev tayyorladi.

    05.03.2021, 16:24   Izoh (0)   36766
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Isroil koronavirus ustidan g‘alaba qozongani haqida e’lon qildi. Yana qaysi mamlakatlar bu marraga yaqin qolmoqda?

    05.03.2021, 14:10

    Qo‘lida Putinning portreti bilan emlangan argentinalik mer, 17 ta vaksinani sinayotgan Xitoy, umummilliy epidemiya rejimini 3 oyga uzaytirgan Germaniya va boshqa k...

    05.03.2021, 13:45

    Qirg‘izistonda prezidentning Facebook sahifasiga qilingan xakerlik hujumi yuzasidan tekshiruv o‘tkaziladi

    05.03.2021, 13:21

    AQSh qirg‘izistonlik narkobaron Kolbayev haqidagi ma’lumot uchun mukofotni 5 mln dollargacha oshirdi

    05.03.2021, 12:44

    Bloomberg: AQSh va Britaniya kimyoviy qurol qo‘llaganlik uchun Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritishni rejalashtirmoqda

    05.03.2021, 11:23

    Pashinyan bilan kelishmovchilikdan so‘ng ishdan bo‘shatilgan Bosh shtab boshlig‘ining o‘rinbosari sudga murojaat qildi

    05.03.2021, 06:06
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14

    Toshkent va Farg‘onada universitetlar kafedra o‘qituvchilari pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 08:57
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.