Shri-Lankada yomg‘ir va toshqinlar ko‘chkilarga sabab bo‘ldi, buning oqibatida eng kamida 17 kishi halok bo‘ldi, o‘n minglab aholi o‘z uyini tark etdi, deb yozmoqda Reuters.

Foto: EPA

O‘tgan hafta oxirida Shri-Lankaning janubiy va g‘arbiy tekisliklarida daryolar qirg‘og‘idan toshib, pasttekisliklarni suv bosdi, minglab odamlarni yordam markazlariga ko‘chirishga to‘g‘ri keldi.

Foto: EPA

“Suv sathi pasaymoqda, lekin 10 ta tumanda ham ko‘chkilar bo‘yicha ehtiyot choralari amal qiladi”, — deb xabar bermoqda mahalliy hukumat.

Foto: EPA

Xabarga ko‘ra, mamlakatning 270 mingdan ortiq aholisi aziyat chekmoqda, taxminan, 100 mingta bino elektr tarmog‘idan uzilib qolgan.

Foto: EPA

Foto: EPA

Foto: EPA