Fransiya poytaxti Parij shahridagi Eyfel minorasini yashin urdi. Bu haqda BFMTV ma’lumotlariga tayanib “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Twitter

Ma’lum bo‘lishicha, Parij manzaralarini tez-tez suratga oluvchi fotograf Bertran Kulik soat 04:30 da (Toshkent vaqti bilan soat 07:30) minoraga yashin kelib urilganini suratga oldi.

Foto: Twitter

Suratda chaqmoqning minoraga urilganini, minoraning uchi bulutlar ichida ekanini aniq ko‘rish mumkin. Shuningdek, fotograf Parij osmonidagi chaqmoqlarning boshqa fotosuratlarini ham e’lon qildi.

Foto: Twitter

Nashrning xabar berishicha, Eyfel minorasini bir yilda o‘rtacha to‘rt marta chaqmoq uradi.

Foto: Twitter