“Spartak” yarim himoyachisi Oston O‘runov yaqin orada jarohatidan forig‘ bo‘lib, yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaydi.
“RB Sport” nashrining xabariga ko‘ra 20 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi mashg‘ulotlarni Moskva klubining asosiy tarkibi bilan emas, balki ikkinchi jamoa safida boshlaydi.
“Spartak-2” (“Spartak”ning ikkinchi jamoasi) Rossiya chempionatining quyi divizionida harakat qiladi. Birinchilik 10-iyul sanasida boshlanadi.
Qayd etish joiz, O‘runov jarohati sabab O‘zbekiston terma jamoasining Jahon Chempionati saralash bosqichi doirasidagi o‘yinlarni o‘tkazib yubormoqda.
O‘runov 2020-yilning avgust oyida 1 million yevro evaziga “Ufa”dan “Spartak”ka o‘tgandi. Ammo u poytaxt klubida muntazam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmadi va 2021-yilning fevralida ijara asosida “Ufa”ga qaytdi.
Oston Rossiya chempionatining 2020/21-yilgi mavsumida 16 ta o‘yinda maydonga tushib, birorta samarali harakatni amalga oshirmadi.
Izoh (0)