• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12456.25
    • RUB158.36
    • EUR14461.71
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Eski xotiralar, Ramosning kelajagi, Ronaldu va Zidan haqida. “Real”ga qaytgan Karlo Anchelotti ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi

    “Real”ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlangan Karlo Anchelotti 2-iyun kuni madridliklar bilan shartnoma imzoladi va matbuot anjumanida qatnashdi. Italiyalik mutaxassis unda jurnalistlar savollariga javob qaytardi.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images
    Murabbiy etib tayinlanishi haqida

    Prezidentga va Xose Anxelga rahmat aytaman. Bu yerga kelganimdan xursandman, bu yer xuddi uyimdek. O‘tgan safargi natijalarni takrorlashga bor kuchim bilan harakat qilaman. Klubdagi birinchi tashrifimdan juda ko‘p yaxshi xotiralar qolgan. “Real Madrid” ustozi bo‘lish nima ekanligini bilaman. Bu vazifani zavq, quvonch va mas’uliyat bilan ado etaman.

    Mas’uliyat katta bo‘lishini bilaman. “Real” — dunyoning eng yaxshi jamoasi. Bu yerda javobgarlik boshqa jamoalardagidan kattaroq. Buni ham o‘tgan safargidek qabul qilaman.

    Menga “Madrid”dan qo‘ng‘iroq qilishganda, bir soniya ham o‘ylab o‘tirmadim.

    Ramossiz jamoani qayta qurish haqida

    Nima bo‘lishidan qat’i nazar “Real Madrid” tarkibdagi eng sara futbolchilar bilan barcha musobaqalarda g‘oliblik uchun kurashadi. Men klubga endigina keldim va barcha savollarga endi oydinlik kiritaman. Ramosning kelajagi borasida o‘zi bilan suhbatlashib, yaqin kunlarda yakuniy qarorga kelamiz. Jamoaga qaytishim juda tez amalga oshdi, hali futbolchilar bilan suhbatlasha olmadim. Ko‘pchiligini yaxshi bilaman va ular bilan yana bir bor ishlash imkoniyati berilayotganidan xursandman. Kelajak borasida yaqin orada qarorlar qabul qilamiz.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram
    Kattaroq yulduzlarga, masalan, Mbappega bo‘lgan ehtiyoj haqida

    Katta futbolchilar muvaffaqiyatga erishishing uchun katta imkoniyatlarni taqdim etadi, ammo jamoani bir xil darajada ushlab turish, jamoaviy, sifatli o‘yinni namoyish etish eng muhimi. So‘zsiz, individual jihatdan kuchli futbolchi senga nimadir berishi mumkin, ammo futbolchilar birdam bo‘lib harakat qilishi lozim.

    Jamoa uslubi haqida

    Jamoaning yorqin va intensiv futbol namoyish etish qadriyati mavjud. Oxirgi yillarda futbol o‘zgardi. Bir qancha qoidalar o‘zgardi. Lekin “Madrid”da hech narsa o‘zgarmagan — hujumkor va yorqin futbol namoyish etishda davom etyapti. Muxlislar va jamoa tarixi ham shuni talab etadi.

    Tarkib haqida

    Klub bilan bu haqida suhbatlashmadik. O‘tgan galgi tarkibda bo‘lgan futbolchilarni yaxshi bilaman, undan tashqari ikkinchi jamoadagi va ijaradagi futbolchilar bilan ham tanishman. Bizda juda ko‘p variantlar mavjud. Men jamoaning holati bilan xotirjam tanishib chiqmoqchiman. Madriddagi birinchi murabbiyligimda “Kastilya”ning 4 nafar futbolchisidan foydalangandik: Morata, Nacho, Kazemiro va Xese. Ular judayam yaxshi o‘yin namoyish etardi. Ulardan tashqari Karvaxal ham bor edi. Yaqin kunlarda barcha musobaqalarda kurashish uchun yangi mavsumga tayyorgarlikni boshlaymiz.

    Jamoa faxriylari haqida

    Men Beyl, Isko, Marselolar bilan yaxshi munosabatdaman. Ular “Real Madrid” futbolchilari va bu ularni ruhlantirishi kerak. Lekin maydonda hamma narsa hal bo‘ladi. Ular mashg‘ulotlarga jiddiy yondashib, “Madrid”da o‘ynashga haqli ekanliklarini murabbiyga isbotlashi kerak.

    Prezident bilan suhbat haqida

    Bu yerga kelishimdan avval u bilan bir oz suhbatlashdim. Biz u bilan juda tez kelishuvga erishdik. Menga berilayotgan imkoniyat uchun unga minnatdorchiligimni bildirdim. Endi biz “Real”ga maksimum foyda beradigan ishlarni qilishni boshlaymiz.

    “Real”dagi kelajagi haqida

    Qarshingizda 6 yil oldingi Karlo Anchelotti turgani yo‘q. Men o‘zgardim. Endi menda yana 6 yillik tajriba bor. “Everton”da meni yaxshi kutib olishdi, afsuski, u yerda muvaffaqiyatga erishish nasib etmadi. Ammo omadsizlik ham sening rivojlanishingga yordam beradigan bir tajriba. Tarkib juda yaxshi shakllangan. Kross, Beyl, Benzema kabi tajribali futbolchilar va Rodrigo, Vinisius, Valverde kabi yosh futbolchilar mavjud. Sifatli tarkib. Biroq vaziyatni yaxshilab o‘rgangach, tarkibni qisqartirishimizga to‘g‘ri keladi.

    Murabbiylar shtabi haqida

    Yaqin kunlarda barchasini rejalashtiramiz. Hozircha bunga vaqtimiz bo‘lmadi.

    Serxio Ramos haqida

    Ramos — “Real” uchun muhim futbolchi. Biz u bilan suhbatlashamiz. Shartnoma borasida muammolar yuzaga kelayotganidan xabarim bor, ammo kichik detallarni hali bilmayman. Barchasini o‘rganib chiqib, keyin bu mavzu haqida gapira olaman.

    Gol urish haqida

    Benzema 30 ta emas 50 ta gol urishi zarur. Vinisius ham gol urishi kerak. Boshqalardan ko‘ra ko‘proq gol urishimiz lozim. Qo‘l ostimdagi futbolchilar boshqalardan ajralib turadi. Yana bir bor Benzema bilan ishlayotganimdan xursandman. U hozir avvalgidan ancha yaxshiroq bo‘lgan, undagi mas’uliyat yanada oshgan. Kelajagi porloq yosh futbolchilar bor. Hujumkor futbol namoyish etishimiz kerak.

    Jamoaning raqobatbardoshligi haqida

    Bu futbolchilar raqobat qila olishiga ishonaman. Ijaraga berib yuborilgan futbolchilardan tashqari barcha futbolchilar Chempionlar Ligasi yarim finaliga qadar yetib bordi va La Ligada so‘nggi turgacha chempionlik uchun kurashdi.

    Foto: Instagram

    Foto: Instagram
    Garet Beyl haqida

    U Premyer Ligada kam o‘ynadi, lekin ko‘p gol urdi. Doimiy ravishda tarkibda bo‘lgani uchun oxirgi o‘yinlarda yaxshi o‘yin namoyish etyapti. Uni juda yaxshi bilaman. Agar unda motivatsiya bo‘lsa, juda yaxshi mavsumini o‘tkazishiga shubha yo‘q.

    “Real” bilan bog‘liq xotiralari haqida

    Barchasini yaxshi eslayman. Biz g‘alaba qozongan o‘yinlar, erishgan sovrinlar. Qiyin lahzalar. Jamoaga kelgan va undan ketgan kunimni ham. Oradan 5 yil o‘tdi, men yana qaytib keldim. Xuddi birinchi bor kelgandagidek hissiyotlar mavjud.

    Zidan haqida

    Zizu haqida nima deya olaman? U ketma-ket uch bor Chempionlar Ligasi sovrinini qo‘lga kiritdi. Oxirigacha fantastik ishladi. Butun dunyo Zidandan minnatdor bo‘lishi kerak. Ammo bu futbol, murabbiylar ketadi va o‘rniga boshqasi keladi. U bilan hali gaplashmadim, lekin yaqin orada suhbatlashmoqchiman. Oxirgi yillarda Zidan bilan muloqot qila olganim yo‘q, ba’zan xabar almashib turardik. Endi esa u bilan suhbatlashmoqchiman.

    U nima yozganini hali o‘qimadim. Lekin u nimanidir aytmoqchi bo‘lgani normal holat. Futbolchilar futbol o‘ynaydi, jurnalistlar nima yuz berayotgan bo‘lsa barchasi haqida yozadi. Futboldagi 40 yillik faoliyatim davomida hech narsa o‘zgarmadi. Buni to‘g‘ri qabul qilish va davom etish kerak.

    Zidanning motivlarini tushungani haqida

    Buni muhokama qilishni istamayman. Chunki uning prezident bilan qanday munosabatda bo‘lganini bilmayman.

    Eden Azar haqida

    U yuqori darajadagi futbolchi. Birinchi mavsumida muammolarga duch keldi, hozircha o‘zining darajasini ko‘rsata olgani yo‘q. Azar hali o‘zini ko‘rsata oladi. Balki ushbu mavsum uning imkoniyatlarini to‘liq ochib berar.

    Krishtianu va uning “Real”ga qaytishi haqida

    Ronaldu bilan yaxshi munosabatdaman, lekin men boshqa jamoa futbolchilari haqida gapirishni yoqtirmayman. Uning “Yuventus” bilan shartnomasi bor va buni muhokama qilish to‘g‘ri emas. U hali ham yuqori darajadagi o‘yin namoyish etyapti, juda ko‘p gol uryapti. Bir italiyalik jurnalist mendan u faoliyatini so‘ngiga yaqinlashdimi deb so‘ragandi. Men “ha” deb javob berdim. Chunki u avval 50 ta gol urardi, endi esa 30 ta.

    Krishtianuning xabari haqida

    U menga hech qanaqa xabar jo‘natmadi.

    Tanqidlar haqida

    “Real” jamoasi oldida qanday maqsadlar turganini hamma biladi: Chempionlar Ligasi, La Liga va Ispaniya Kubogida g‘alaba qozonish. Tanqid — bu normal holat. Bu — butun dunyo kuzatadigan klub. Bunday jamoani boshqarish juda katta mas’uliyatni talab etadi va ba’zan istagan narsalaringga erisha olmaysan. Eng muhimi — futbolchilarga, murabbiylarga, jurnalistlarga bo‘lgan hurmat”.

    Karlo Anchelotti, “Real” bosh murabbiyi

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    03.06.2021, 11:46   Izoh (0)   15174
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Uch yildan buyon yutqazmayotgan Italiya, eski mavqeyiga qaytayotgan Turkiya, “ajdarlar” va “bankirlar”. Yevro—2020 A guruhi haqida

    03.06.2021, 05:43

    O‘rtoqlik o‘yinlari. Fransiya terma jamoasi Uelsga imkon qoldirmadi, Angliyada ham g‘alaba, Germaniya va Niderlandiya durang o‘ynadi

    03.06.2021, 05:23

    Serxio Agueroning “Barselona”da qancha maosh olishi ma’lum bo‘ldi

    02.06.2021, 19:01

    “Aristokratlar”ning samoviy xaridlari: “Chelsi” chempion tarkibni yig‘ish uchun qancha mablag‘ sarflagan?

    02.06.2021, 18:14

    “Uning haykali bizning stadionimizda turadi”. Serxio Aguero qanday qilib “Manchester Siti” afsonasiga aylandi?

    02.06.2021, 16:00

    Superliganing may oyidagi eng yaxshilari aniqlandi

    02.06.2021, 14:42
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston terma jamoasining dunyodagi eng yirik sport tadbiriga chiqishi Kia brendining mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi 


    BYD Astana Motors rasmiy dilerlik tarmog‘i Toshkentdagi barcha beshta dilerlik markazida "Best Buy Day" tadbirini o‘tkazadi


    Oqtepa Lavash “Kalmar o‘yini” asosida Dalgona Boksini chiqardi


    Click & Smart Business (sobiq UZKASSA): biznes muvaffaqiyati va mijozlar qulayligi uchun hamkorlik


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    American University of Technology (AUT) 28-iyun - Ochiq eshiklar kuniga taklif etadi


    “Wyndham Garden Charvak” kurort majmuasi qurilishi qanday kechayotganini ko‘rsatdi


    Toshkent shahar hokimligi ko‘magida 2025-yil 2-4-oktyabr kunlari CAEx HoReCa & UzFPT ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tadi


    Toshkent va Bangkok o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnov: Centrum Air yangi xalqaro yo‘nalishni ishga tushiradi 


    Anorbank va Beelab O‘zbekiston raqamli banking bozorida hamkorlik o‘rnatdi


    Savdo, fintex va “yashil” loyihalar: Octobank Xitoy bilan hamkorlikni qanday yo‘lga qo‘ymoqda


    “S&P” O‘zbekiston Milliy Bankining rеyting prognozini “ijobiy”ga ko‘tardi 


    Market Yandex Go Samarqandda ishga tushdi


    “Mikrokreditbank” ATB IX Germaniya-O‘zbekiston biznes forumi doirasida ODDO BHF bank bilan 50 million dollarlik shartnoma imzoladi


    "Eco Expo Central Asia 2025" doirasida xalqaro ekologik tashabbuslar birlashmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Sochingizga zarar yetkazadigan tungi odatlar

    Go‘zallik | 25 iyun, 22:50

    “Daryo” dayjesti: 25-iyunning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 25 iyun, 22:30

    Oddiy va kamtar: boyligini ko‘z-ko‘z qilmaydigan turk aktyor va aktrisalari

    Kino | 25 iyun, 22:03

    Qidiruvda bo‘lgan 12 nafar shaxs BAAdan O‘zbekistonga ekstraditsiya qilindi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 21:40

    O‘zbekiston Kubogi. “Buxoro” “OKMK”ni mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘l oldi

    Sport | 25 iyun, 21:38

    NATO yetakchilari Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishga va mudofaa xarajatlarini ko‘paytirishga kelishib oldi

    Dunyo | 25 iyun, 21:10

    Andijonda fuqaroga 300 mln so‘m imtiyozli kredit rasmiylashtirib berish evaziga 1000 dollar olgan shaxslar ushlandi

    O‘zbekiston | 25 iyun, 20:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.