Amerika Kubogi—2021 ga qaysi davlat mezbonlik qilishi ma’lum bo‘ldi.
Janubiy Amerika futbol konfederatsiyasi (CONMEBOL) musobaqa Braziliyada bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Amerika Kubogi avvaldan belgilangan sanalar — 11-iyundan 10-iyulgacha bo‘lgan muddatda bo‘lib o‘tadi. Tashkilot musobaqa o‘yinlarini o‘tkazadigan stadionlar haqida keyinroq ma’lumot berilishini qo‘shimcha qilgan.
Musobaqa mezbonligi aslida Kolumbiya va Argentinaga berilgandi. Ammo keyinchalik har ikkala davlatdan ham mezbonlik huquqi olib qo‘yildi. Kolumbiya mamlakatdagi siyosiy vaziyat tufayli mezbonlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, Argentinada bunga koronavirus pandemiyasi bilan bog‘liq vaziyat sabab bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)