Samarqand shahrida 26-may kuni o‘tkazilgan tungi reydlar davomida 5 ta tungi klub faoliyati ko‘zdan kechirilib, jinoyat va huquqbuzarlik sodir etishga moyil bo‘lgan 472 kishi ichki ishlar organlari va tayanch punktlariga olib kelinib, tekshiruvdan o‘tkazildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar berdi.
Bundan tashqari, 6 nafar muqaddam sudlangan shaxslarga nisbatan ma’muriy nazorat o‘rnatilib, jamoat joyida mayda bezorilik sodir etgan 2 nafar shaxsga nisbatan Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi tomonidan 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Spirtli ichimlikka ruju qo‘ygan 8 kishi SVND shifoxonasiga joylashtirilgan, 9 nafar yengil tabiatli ayolga nisbatan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilgan.
Bundan tashqari, 379 ta avtotransport vositalari tekshiruvdan o‘tkazilgan. Shundan mast holdagi 9 nafar, hujjatsiz bo‘lgan 20 nafar, oynalari tusini ruxsatnomasiz qoraytirib avtotransport boshqargan 14 nafar hamda boshqa turdagi huquqbuzarliklar sodir qilgan 63 nafar haydovchiga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Tungi kuchaytirilgan reyd tadbirlarini har kuni o‘tkazilishi belgilangan.
Izoh (0)