Daryo

Toshkent viloyatida spa-salon va sauna niqobida fohishaxona tashkil qilgan shaxslarga nisbatan chora ko‘rildi

Fohishalik bilan shug‘ullangan 4 nafar shaxsga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 190-moddasiga (fohishalik bilan shug‘ullanish) ko‘ra tegishdi hujjatlar rasmiylashtirilgan

1 daqiqa o‘qish76 768 ko‘rishlar0 izoh0

Toshkent viloyatining bir qator hududlarida fohishaxonalar aniqlandi, deya xabar qilmoqda viloyat IIBB matbuot xizmati.

Foto: Toshkent viloyati IIBB

Ta’kidlanishicha, Toshkent viloyatida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida o‘tkazilayotgan “zarbdor oyligi” doirasida, tungi klub, spa-salon va saunalarda nazorat-reyd tadbirlari o‘tkazildi.

Tadbir natijasida Oqqo‘rg‘on, O‘rta Chirchiq, Bekobod tumani va Angren shahrida fohishaxona saqlash jinoyati aniqlanib, chora ko‘rilishi ta’minlandi.

Xususan, Angren shahar “Dukent” qo‘rg‘onida yashovchi 1974-yilda tug‘ilgan X.Sh. o‘zi yashab kelayotgan dala hovlisida fohishaxona tashkil qilgani aniqlanib, kelishilgan pullarni olayotgan vaqtida daliliy ashyo bilan ushlangan.

Bundan tashqari, fohishalik bilan shug‘ullangan 4 nafar shaxsga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 190-moddasiga (fohishalik bilan shug‘ullanish) ko‘ra tegishdi hujjatlar rasmiylashtirilgan bo‘lsa, karantin qoidalarini buzgan 24 nafar shaxslar aniqlanib, kodeksning 54-moddasiga (epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzish) asosan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Bundan avval Jizzaxda qizlarga raqqosalik va fohishalik bilan shug‘ullanishi uchun sharoit yaratib bergan ayol ushlangani, Buxoroda ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolarga ajratilgan uyda fohishaxona tashkil qilgan ayol aniqlangani hamda Buxoroda ijara uyda fohishaxona tashkil qilgan shaxs qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi.

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar