• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Trest-12” 5 trln so‘mga yaqin loyihalarni tendersiz amalga oshirgan — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi

    Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Akmal Burhonov 26-may kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan anjumanda “Trest-12” qurilish kompaniyasi hamda qurilish vaziri Botir Zokirov o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuviga oid vaziyatni tasdiqladi, deb yozadi “Gazeta.uz”.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    “Albatta, biz ‘Trest-12’ bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazyapmiz. Dastlabki o‘rganishlarimiz bo‘yicha ko‘rdikki, adashmasam, 5 trillion so‘mga yaqin (Markaziy bankning 27-maydagi kursiga ko‘ra, 471 million dollar atrofida) to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar bilan qurilish ishlari amalga oshirilgan. Bu yerda ham, afsuski, aksariyat manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘yilgani va (qonunchilikda manfaatlar to‘qnashuvi uchun — tahr.) javobgarlik masalasining yo‘qligi turibdi”, — dedi u.

    Aksilkorrupsiya agentligi direktorining aytishicha, o‘tgan yilda o‘tkazilgan davlat xaridlarining 48 foizi tendersiz amalga oshirilgan.

    “Umuman, biz o‘rganganimizda nafaqat ‘Trest-12’, balki 2020-yil davomidagi davlat xaridlarining 48 foizi to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar orqali amalga oshirilgan. Ya’ni u yoki bu alohida farmoyish yoki qaror asosida”, — dedi Akmal Burhonov.

    U, shuningdek, davlat xaridlarida manfaatlar to‘qnashuviga oid muammolarni bartaraf etish uchun qanday choralar ko‘rilayotganiga ham to‘xtalib o‘tgan.

    “Shuning uchun bu bo‘yicha ham taklif tayyorlayapmiz. Birinchi o‘rinda, davlat xaridlaridagi manfaatlar to‘qnashuvi. Ikkinchisi, turli xil farmoyishlar va bayonnomalar bilan davlat xaridlarini amalga oshirish va qurilish obyektlarini tendersiz berishni taqiqlashga oid qonunchilikka o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlayapmiz”, — deydi agentlik rahbari.

    Uning qo‘shimcha qilishicha, “Trest-12” qo‘lga kiritgan davlat xaridlariga Qurilish vazirligining aloqasi bor.

    “‘Trest-12’ masalasi hali o‘rganish jarayonida, natijasi bo‘yicha agar qonun buzilish holatlari bo‘ladigan bo‘lsa, ma’lumotlarni taqdim etamiz. Aytganimdek, bu yerda katta summa. Manfaatlar to‘qnashuvi bor, buni yashirib bo‘lmaydi. Chunki Qurilish vazirligining aloqasi bor. Lekin bu yerda jinoyat alomatlari haqida gap ketyapti”, — deydi Akmal Burhonov.

    Eslatib o‘tamiz, 13-aprel kuni aksiyadorlari orasida qurilish vaziri Botir Zokirovning o‘g‘li va rafiqasi bo‘lgan “Trest-12” kompaniyasi tendersiz qator loyihalarni amalga oshirib kelayotgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Kompaniya aksiyadorlari ro‘yxatida 2019-yil iyul oyida vazirning o‘zi ham bo‘lgan. O‘shanda u qurilish vazirining birinchi o‘rinbosari, 1996−2011-yillarda esa — “Trest-12” boshqaruv kengashi raisi sifatida ishlagan.

    Vazir Toshkentning Sharof Rashidov ko‘chasidagi (Mustaqillik maydoni yonida) ma’muriy bino rekonstruksiyasiga oid davlat xaridiga o‘zi va oila a’zolarining aloqasi yo‘qligini aytgan edi. “Bir narsani tushunishlaring kerak, 51 foiz davlat ulushi bo‘lgandan keyin menga uning sovug‘i ham, issig‘i ham yo‘q”, — degandi vazir.

    Keyinroq mazkur kompaniya hukumat buyrug‘i bilan Qonunchilik palatasi binosining tashqi ko‘rinishini rekonstruksiya qilish va binoni joriy ta’mirlash uchun 16,54 milliard so‘mlik loyihani qo‘lga kiritgani ma’lum bo‘lgandi.

    Mavzuga doir:

    • Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Buxoro tibbiyot instituti tomonidan davlat xaridlari borasida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yilganini tasdiqladi
    • Termizda quriladigan 20 mln dollarlik xalqaro savdo markazining tenderida aka-ukaga tegishli kompaniyalar qatnashgani ma’lum bo‘ldi
    • Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga sud va prokuratura qarorlaridan norozi aholi ko‘proq murojaat qilayotgani ma’lum bo‘ldi

    27.05.2021, 13:12   Izoh (0)   18484
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 28-may kuni harorat 42 darajagacha issiq bo‘ladi

    27.05.2021, 12:58

    Qoraqalpog‘iston tug‘ruqxonalariga YuNISEF va UNFPA tomonidan 1 mln dollarlik tibbiy asbob-uskunalar sovg‘a qilindi

    27.05.2021, 12:50

    Jizzaxda harakatlanayotgan Lacetti lyukiga chiqib olgan qiz jarimaga tortildi (video)

    27.05.2021, 12:36

    O‘zbekistonda koronavirusga qarshi vaksinaning 2-dozasini olganlar soni qariyb 500 ming nafarga yetdi

    27.05.2021, 12:17

    Video: Toshkent teleminorasidagi O‘zbekiston bayrog‘i yangilandi

    27.05.2021, 12:07

    Sobiq mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga murojaati bo‘yicha to‘liq tushuntirish berilgan edi — Vazirlar Mahkamasi xodimi

    27.05.2021, 11:55
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.