• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Sobiq mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga murojaati bo‘yicha to‘liq tushuntirish berilgan edi — Vazirlar Mahkamasi xodimi

    25-may kuni Vazirlar Mahkamasi hududi oldida mehribonlik uylarining sobiq tarbiyalanuvchilariga ichki ishlar xodimlari tomonidan kuch ishlatilgani aytilayotgani haqida xabar berilgan edi. “Gazeta.uz” Vazirlar Mahkamasiga tayanib, ushbu voqea tafsilotlari bo‘yicha izoh berdi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Ma’lumotga ko‘ra, Samarqand viloyati Samarqand shahridagi Qorasuv massivida istiqomat qiluvchi Nargiza Jo‘raqulova va 7 nafar fuqaro (sobiq mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari) Oliy Majlis Senatiga murojaat qilib kelgan. Fuqarolar masalalarini ko‘rib chiqish uchun Vazirlar Mahkamasi binosi oldiga taklif etilgan.

    Vazirlar Mahkamasi apparati xodimi Sh.Saliyevning ma’lum qilishicha, pandemiya davridagi epidemiologik-sanitariya sharoitlari sababli, fuqarolarning qabuli hukumat binosida emas, bino tashqarisida, Vazirlar Mahkamasi hududi oldida amalga oshiriladi.

    Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan O‘zbekiston Milliy bankidan uy-joy sotib olish uchun olingan ipoteka kreditlarini to‘lay olmasliklari sababli to‘lov foizlarini kamaytirib berish hamda muddati o‘tkazib yuborilgan qarzdorlikni qoplash to‘g‘risidagi masalalar ko‘tarilgan.

    Hukumatning mas’ul xodimlari fuqarolarga ushbu masalalarning yechimi bo‘yicha hozirda Markaziy bank hamda Moliya vazirligi tomonidan hujjat loyihasi ishlab chiqilib, vazirlik va idoralar bilan kelishish jarayonida ekani bo‘yicha tushuntirish bergan.

    Vazirlar Mahkamasi xodimlarining ta’kidlashicha, fuqarolar qabul jarayonida masalalar bo‘yicha berilgan tushuntirishlardan qoniqish hosil qilgan.

    Shundan so‘ng, murojaatchilar masala hal bo‘lmaguncha Vazirlar Mahkamasi hududini tark etmasligini, viloyatga qaytib borsa viloyat hamda shahar hokimliklari ularga yordam ko‘rsatmasligini ta’kidlagan. Sobiq mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari Vazirlar Mahkamasi ularning har biriga 100 million so‘mdan pul to‘lab bermasa, Samarqand viloyatiga qaytib ketmasligi haqida shart qo‘ygani aytilmoqda.

    Qabul davomida Nargiza Jo‘raqulova voqealarni mobil telefoniga tasvirga olishni boshlagan. Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi Sh.Saliyevning ma’lum qilishicha, fuqaroga tegishli hujjatni tasvirga tushirishga ruxsat berilmaganidan so‘ng, N.Jo‘raqulova videoga olishni boshlagan. Vaholanki, Jo‘raqulova videoga olish uchun ruxsat so‘ramagan, deya ta’kidlaydi hukumat apparati xodimi.

    Nargiza Jo‘raqulova ruxsatsiz videoga olishni boshlaganida hududga xizmat bo‘yicha biriktirilgan IIV xodimlari unga tasvirga olish mumkin emasligi, bu strategik obyekt ekanini tushuntirib, ogohlantirish beradi. Jo‘raqulova ogohlantirishga qaramasdan tasvirga olishda davom etadi.

    Uning ushbu harakatini to‘xtatish maqsadida fuqarolik kiyimida bo‘lgan IIV xodimi, mayor A.Xalilov Jo‘raqulovaning qo‘lidan mobil telefonini olib qo‘yishga harakat qiladi. Shunda Jo‘raqulova IIV xodimining qo‘liga yopishib, qo‘llarini tirnab, tishlashga urinib, unga tan jarohati yetkazadi, deya ta’kidlaydi Vazirlar Mahkamasi xodimi.

    Ushbu tortishuvga Jo‘raqulova bilan birga kelganlar ham aralashganda, voqea joyida bo‘lgan IIV xodimlari ularni ajratishni boshlaydi.

    Tortishuv birinchi marotaba bartaraf etilgach, murojaatchilar tinchlantirilib, hukumat xodimlari ularga tushuntirishni davom ettirmoqchi bo‘lganida N.Jo‘raqulova yana telefoniga tasvirga olishni boshlaydi. IIV xodimlari ikkinchi marotaba uning telefonini tortib olmoqchi bo‘lishganida, yana tortishuvlar boshlanib ketadi.

    Vazirlar Mahkamasi xodimining aytishicha, N.Jo‘raqulovani ichki ishlar xodimi yerga yiqitmagan, sudramagan, aksincha, fuqaroning o‘zi yerga yotib olib, oyoqlari bilan uni olib ketmoqchi bo‘lganlarni tepgan.

    Shuningdek, Sh.Saliyev murojaatchilar bilan birga kelgan homilador ayol, M.Toshqulovani hech kim itarmagani, unga qulaylik uchun stul taqdim etilganini aytmoqda. M.Toshqulova yerga o‘zi o‘tirib olganida esa Vazirlar Mahkamasidagi navbatchi tibbiyot xodimlari unga yordam berishgan, shundan so‘ng tez tibbiy yordam chaqirilib, u turmush o‘rtog‘i bilan Toshkent tibbiy akademiyasining klinik kasalxonasiga ko‘rik uchun yuborilgan.

    Holat keskinlashib ketishining oldini olish maqsadida ichki ishlar xodimlari tomonidan ehtiyot choralari ko‘rilgan holda N.Jo‘raqulova va tortishuvga aralashgan yana 5 nafar fuqaro Toshkent shahar Yunusobod tumani IIO FMBga olib ketilgan.

    Ichki ishlar xodimlaridan biri nega fuqarolik kiyimida bo‘lgani bo‘yicha ham Vazirlar Mahkamasi xodimi izoh bergan. “Vazirlar Mahkamasi hududi oldida bir guruh fuqarolar yig‘ilsa, xavfsizlikni ta’minlash maqsadida ichki ishlar xodimlari navbatchilikda bo‘ladi”, — deydi u.

    Fuqarolarning IIO binosida 10 soatgacha ushlab turilishiga surishtiruv ishlari amalga oshirilishi, hodisa ishtirokchilariga tibbiy xulosalar olinishi, ulardan tushuntirish xatlari va ko‘rsatmalar olinishi hamda boshqa rasmiylashtirish ishlari sabab bo‘lgani qayd etiladi.

    Vazirlar Mahkamasi xodimining ta’kidlashicha, mehribonlik uylari sobiq tarbiyalanuvchilarining IIO FMB binosida ularga ovqat berilmagani haqidagi iddaosi ham haqiqatga yaqin emas. “Ularga ichki ishlar xodimlari somsa olib bergan. Keyin IIO binosidan birinchi qo‘yib yuborilgan fuqarolar boshqalarga yuborgan ovqat, sendvichlar ularga yetkazilgan”, — deydi u.

    Vazirlar Mahkamasi xodimlari murojaatchilarga nisbatan haqoratomuz so‘zlar ishlatilmaganini ta’kidlagan. Xususan, fuqarolarga nisbatan “Senlar yetimsanlar. Yetimlarga qancha bersang, shuncha to‘ymaydi, noshukursanlar” degan so‘zlar ishlatilmagani aytilmoqda.

    Ma’lumotga ko‘ra, ushbu holat Vazirlar Mahkamasi binosining tashqi tomoniga Ichki ishlar idoralari tomonidan o‘rnatilgan videokameralarga tasvirga tushirilgan, holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB tomonidan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, holat yuzasidan rasmiylashtirilgan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga taqdim etish uchun tayyorlangan.

    Mavzuga doir: Senat qo‘mitasi Toshkentda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining IIB xodimlari tomonidan kaltaklangani aytilgan holatni nazoratga oldi

    Avvalroq Samarqanddagi maktab-internatning tarbiyalanuvchilari kaltaklangani aytilgan xabar tarqalgandi. Mazkur holat Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi tomonidan nazoratga olingan. Tegishli idoralarga ushbu masala qonuniy ko‘rib chiqilishi yuzasidan ko‘rsatmalar berilgan.

    27.05.2021, 11:55   Izoh (0)   12402
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “Uyimga samolyot qulayapti deb o‘yladim”. Toshkentda Misr samolyoti qoidaga xilof ravishda shahar ustidan uchib o‘tdi

    27.05.2021, 11:11

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 280 kishida koronavirus tasdiqlandi

    27.05.2021, 10:37

    Andijonlik ayol eri bilan janjallashib qolib, uni pichoqlab o‘ldirdi

    27.05.2021, 10:22

    Murodboy va uning sheriklari sudda bosh vazir va bosh prokuror ishtirok etishini talab qilgan — Oliy sud

    27.05.2021, 10:08

    Video: Andijondagi chang bo‘roni

    27.05.2021, 09:58

    Kelajak haqida tasavvuri yo‘q, ta’limga e’tibor berilishini va xorijiy universitetlardan kvota ajratilishini xohlagan o‘quvchilar. Nogironligi bo‘lgan bitiruvchila...

    27.05.2021, 09:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bojxona qo‘mitasi Qirg‘iziston chegarasida tirbandlik yuzaga kelishidan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 21:00

    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda

    Reklama | 2 avgust, 20:15

    Tramp Oq uyda hashamatli tantanalar zali qurib, uni AQSHga sovg‘a qilmoqchi

    Layfstayl | 2 avgust, 20:55

    Andijonda “otpuska”dagi o‘qituvchilar maktab taʼmirlayotgani aytilmoqda

    O‘zbekiston | 2 avgust, 20:44

    Rekord sarmoyalar: gigant texnologik kompaniyalar 2025-yilda sun’iy intellekt uchun 115 mlrd dollar sarfladi

    Dunyo | 2 avgust, 20:40

    Tramp tahdidlariga qaramay Hindiston Rossiyadan neft xarid qilishda davom etadi — hind rasmiylari

    Dunyo | 2 avgust, 20:10

    Xitoyda robot kino va dramaturgiya yo‘nalishida aspiranturaga qabul qilindi

    Texnologiyalar | 2 avgust, 19:50

    O‘zbekistonda har beshta sud qaroridan bittasi ijro etilmagani aytildi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 19:38
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.