O‘zbekistonda 26-may kuni jami 55 714 kishi COVID-19’ga qarshi emlandi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati. Shulardan 27 139 nafari birinchi bosqichda, 28 575 nafar fuqaro esa ikkinchi bosqichda emlangan.
Hozirgi kungacha O‘zbekistonda koronavirusga qarshi 1 738 830 doza vaksinadan foydalanildi, ularning 499 094 dozasi ikkinchi bosqichda qo‘llanilgan. Shunga ko‘ra, mamlakatda jami emlanganlar soni 1 239 736 kishini tashkil etmoqda.
26-may kunidagi emlash ko‘rsatkichlari bo‘yicha yuqori o‘rinlarni
- Toshkent shahri (7221 doza),
- Toshkent viloyati (6841 doza),
- Farg‘ona viloyati (6242 doza) band qildi.
- Farg‘ona viloyatida 228082 doza,
- Andijon viloyatida 208562 doza,
- Namangan viloyatida 197215 dozani tashkil qilmoqda.
Izoh (0)