O‘zbekiston va dunyo bo‘ylab 25-may kuni olingan e’tiborga molik suratlarni taqdim etamiz.

Namangan viloyati Yangi Namangan tumanidagi 65-maktabda 11-sinflarning bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi ham ishtirok etdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi

Frankfurt shahri chekkasidagi o‘tloqda o‘tirgan quyon.

Foto: AP Photo

“Toshkent besh tashabbus harakati” festivali hududida chizilgan devoriy suratlardan birini tomosha qilib turgan yigit.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Isroil havo hujumlari oqibatida vayron bo‘lgan bino xarobalari ustiga o‘rnatilgan chodirda o‘tirgan falastinliklar.

Foto: Getty Images

Toshkent shahri hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘rinbosarlari hamda tashkilotchilar hamrohligida “Toshkent besh tashabbus harakati” doirasidagi yoshlar bilan uchrashuvga kelmoqda.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Kolumbiya poytaxti Bogotadagi Kongress binosi tashqarisidagi hukumatga qarshi namoyishlar paytida o‘ldirilgan odamlar sharafiga qo‘yilgan gulchambarlar orasidan o‘tayotgan ayol.

Foto: AFP

Qo‘qon shahar hokimi Ma’rufjon Usmonov o‘zi tahsil olgan 6-davlat umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan so‘nggi qo‘ng‘iroq tadbirida ishtirok etdi.

Foto: Qo‘qon shahri hokimligi

Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Lyayen (chapda), Germaniya kansleri Angela Merkel va Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Yevropa Ittifoqi sammitining ikkinchi kunida ishtirok etmoqda.

Foto: Reuters

Zangiota tumani 26-sonli maktabda o‘tkazilgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami.

Foto: Zangiota tumani hokimligi matbuot xizmati

Braziliyalik hamshira Julia Ramos Rio-de-Janeyrodagi Museu da Republica shifoxonasida tashkil etilgan koronavirusga qarshi vaksinatsiya shtabida odamlarni emlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda. COVID-19 Lotin Amerikasi va Karib havzasida 1 milliondan ortiq odamning hayotiga zomin bo‘ldi, qurbonlarning deyarli yarmi Braziliyada qayd etildi.

Foto: Getty Images

Kamchatka o‘lkasida baydarka bilan shug‘ullanayotgan sportchilar.

Foto: “TASS”

Xorazm viloyatining Xonqa tumanida non yopish uchun tandirga o‘t qalayotgan ayol.

Foto: “Daryo” / Musulmonbek Ibrohimov

Buyuk Britaniyadagi Battersea elektr stansiyasi ta’sischi kompaniyasi tomonidan qurilgan uylarga ko‘chib kelgan aholini tabriklash maqsadida elektr stansiyasi binosiga tushirilayotgan proyeksiya.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Yalova shahridagi uysiz hayvonlar. Aftidan ular qalin do‘stga o‘xshaydi.

Foto: Getty Images

Barselonada odamlar o‘zlarining noqonuniy egallab olgan binolaridan chiqarilishiga qarshi norozilik namoyishlari o‘tkazmoqda.

Foto: EPA

Sevastopoldagi Naximov nomidagi dengiz harbiy maktabidagi “So‘nggi qo‘ng‘iroq”.

Foto: “TASS”

Xorvatiyaning Osiyek shahridagi hayvonot bog‘iga 8 oylik ikkita sher bolasi olib kelindi.

Foto: PA

Italiyadagi Etna vulqonining otilishi davom etmoqda. Hozircha vulqon aholiga xavf tug‘dirmasligi ma’lum qilingan.

Foto: AP Photo

Hindistonning Odisha va G‘arbiy Bengaliya shtatlariga tropik siklon yaqinlashayotgani sababli aholini evakuatsiya qilish ishlari boshlandi.

Foto: EPA

Afinadagi Akropol yonida turgan turistlar. Gretsiyada sayyohlik mavsumiga start berildi.

Foto: “TASS”

Yevropaning eng yirik faol vulqoni Etnadan otilib chiqayotgan lava.

Foto: AP Photo

Yangi tug‘ilgan lama bolasi. Germaniyaning Sternberg shahridagi ekzotik hayvonlar bilan yashaydigan oilaviy fermer xo‘jaligi COVID-19 cheklov choralari tufayli zarar ko‘rmoqda.

Foto: “TASS”

Shri-Lankaning Kolombo portidagi MV X-Press Pearl konteyner kemasida yong‘in chiqdi.

Foto: Reuters

Koronavirus bilan kasallangan bemorlar Mumbay chetidagi maktabda davolanmoqda.

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken G‘arbiy Sohilning Ramalloh shahrida Falastin prezidenti Mahmud Abbos bilan uchrashdi.

Foto: Reuters

Yugoslaviyaning sobiq prezidenti Iosip Broz Tito tug‘ilgan kunining 129 yilligi Belgradda nishonlandi.

Foto: AP Photo

Qrimning Boqchasaroy shahridagi hayvonot bog‘ida shaharning kichik modeli orasida yurgan gibbon.

Foto: Reuters