• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    1 million dollarlik grant yutgan, eng kuchli iqtisodchi va xalq ta’limi vaziri bo‘lishni orzu qilgan o‘quvchilar. Prezident maktabining ilk bitiruvchilari bilan suhbat

    2020/2021-yilgi o‘quv yilida Prezident maktablari ilk “qaldirg‘och”larini katta hayotga kuzatadi. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining ma’lumotiga ko‘ra bitiruvchilar soni 96 nafarni tashkil etadi.

    Xususan, Toshkent shahridagi Prezident maktabida tahsil olayotgan 24 nafar o‘quvchi 11-sinfni bitiradi. Ulardan 21 nafari allaqachon xorijdagi bir qator universitetlarga grant asosida qabul qilingan.

    Prezident maktabining ilk “qaldirg‘ochlari” kelajakdagi maqsadlari haqida “Daryo”ga so‘zlab berdi.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

     Rahmatjon Goipov, 17 yoshda

    Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Rahmatjon Goipov.

    Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Rahmatjon Goipov.
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Bolaligimdan kimyo, matematika, fizika fanlariga qiziqaman. Neft va gaz kimyosi O‘zbekistonning nafaqat iqtisodiyoti, balki sanoatini ham rivojlantiradi. Shu bois kelajakda kimyoviy muhandislik yo‘nalishi bo‘yicha malakali mutaxassis bo‘lishga qaror qilganman.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    10-sinfdan beri Prezident maktabida tahsil olyapman. Juma kechki payt uyga ketib, yakshanba kuni yana qaytib kelamiz. Maktab mening rivojlanishimga katta hissa qo‘shgan.

    Hozirda 10 dan ortiq universitetlarga hujjat topshirib, umumiy hisobda 1 million dollardan ko‘proq miqdorda grant sohibi bo‘ldim. Men ham sinfdoshim Abdulloh singari bakalavrni Amerikada Sinsinnati universitetida davom ettirmoqchiman.

    Sababi mazkur oliygohga ham grant yutganman. Universitet meni stipendiya va turar joy bilan ta’minlaydi. O‘qishim va imtihonlardagi ballarimni ko‘rib chiqib, universitet ma’muriyati menga 85 ming dollar miqdorida mablag‘ ajratgan. Bu pul o‘qishimning yarmidan ko‘proq qismini qoplab beradi. Bundan tashqari qobiliyatli o‘quvchilar uchun yana turli dasturlar taklif qilishadi.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Amerikaga hujjat topshirish uchun talabgorlar xalqaro SAT va IELTS sertifikatlariga ega bo‘lishi kerak. Men IELTS’dan 7.5 , SAT’dan esa 1330 olganman.

    Shuningdek, maktabdagi baholar, imtihon natijalari va o‘quvchilarning o‘zlari tomonidan yozilgan insholar ham muhim hisoblanadi. Shunga qarab ular ma’lum bir miqdorda grant mablag‘larini taklif qiladi. Agar ularga natijalaringiz yoqsa, yana qo‘shimcha imkoniyatlar taqdim qilishi mumkin.

    Ota-onam xorijda o‘qish qarorimni ma’qullashgan. Boisi Amerika men tanlagan soha bo‘yicha birinchi o‘rinda turadi. Agar u yerda o‘qisam kuchli kadr bo‘lib yetishaman.

    Avgust oxirida Amerikaga ketamiz. Eng katta maqsadim, Amerikada o‘qib, O‘zbekistonga qaytish va kimyo sohasida burilish yasash.

    Shahrizoda Rizoqulova, 16 yoshda

    Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shahrizoda Rizoqulova.

    Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Shahrizoda Rizoqulova.
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Bioinjeneriya sohasiga qiziqaman. Bu sohada texnologiya va biologiyani birlashtirib, foydali dasturlar hamda odamlar uchun zarur bo‘lgan protez va transplantatsiya organlari yaratish mumkin.

    Shu paytgacha Amerika elchixonasi tomonidan o‘tkazilgan turli loyiha va dasturlarda ishtirok etganman. Prezident maktabidagi qizlardan tashkil topgan jamoamiz bilan mobil dastur ishlab chiqqanmiz. Bu jinsiy zo‘ravonlikdan yoki psixologik muammolari bor ayollar uchun mo‘ljallangan edi. Mazkur loyihamiz bilan Technovision chellange’da qatnashdik. Garchi mobil dasturimiz tanlovda g‘olib bo‘lmasa-da, O‘zbekistondagi BMTning e’tiboriga tushdik.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Hozir “Imkoniyat” nomli yangi mobil dastur yaratdik. Dasturda e’tiborimizni imkoniyati cheklangan bolalarni tarbiyalayotgan onalarga qaratdik. Bunda nafaqat ota-onalar va bolalar balki, ularga yordam berishni istagan tashkilotlar ham ro‘yxatdan o‘tib, yordam berishi mumkin. Dastur yaqinda Play Market’ga qo‘yildi.

    Dunyodagi eng katta maqsadim odamlarga, og‘ir kasallarga yordam berish. Chunki transplantatsiya organlari g‘oyasi bilan ko‘pchilikning hayotini saqlab qolish mumkin.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Men ham sinfdoshlarim kabi 9 ta universitetga grant yutganman. Ulardan AQShning Filadelfiya shahrida joylashgan Templ universitetini tanladim. Sababi oliygoh menga bioinjeneriya sohasida gigant bo‘lgan kompaniyalarda malaka oshirish imkonini beradi. Bu grantim to‘liq emas. Universitet bir qismini qoplab beradi. Shuning uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasiga hujjat topshirganman. Hozir javoblarni kutyapman.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Qizlar doimo ota-onasi tomonidan qo‘llab-quvvatlansa, yanada katta natijalarga erishadi. Bolaligimdan ota-onam meni o‘qishimga katta e’tibor bergan. Turli to‘garaklarga, o‘quv markazlariga olib borgan. Har bir muvaffaqiyatimda erishayotgan yutuqlarimda ota-onamning xizmati juda katta.

    Ammo ba’zida qizlar biron nimaga erishishni istasa, butun jamiyat to‘sqinlik qilishi mumkin. Shuning uchun qizlar ruhiy tomondan kuchli bo‘lishi, o‘z hayoti uchun o‘zi kurashishi lozim. Hayotda hamma narsaga urinib ko‘rish kerak. Agar qo‘rqib, o‘zingizni sinab ko‘rmasangiz chetda qolib ketaverasiz.

    Abdulloh Jo‘raxonov, 17 yoshda

    Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdulloh Jo‘raxonov.

    Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Abdulloh Jo‘raxonov.
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Asli qashqadaryolikman. Tug‘ilganimdan so‘ng oradan 2-3 yil o‘tib, Toshkentga ko‘chib kelganmiz. Dastlab Chilonzor tumanidagi 162-maktabda o‘qiganman.

    Bolaligimdan xorijiy tillar va matematikaga juda qiziqaman. Prezident maktablarida STEAM fanlari (tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika) asosida ta’lim berilishini eshitib, hujjat topshirganman. Chunki bu O‘zbekistondagi yangi o‘qitish tizimi edi.

    Saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, 10-sinfdan shu maktabda o‘qishni boshlaganman.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    O‘quvchilar juda intiluvchan. Darsdan so‘ng qo‘shimcha mashg‘ulotlar bo‘ladi. O‘zim ko‘p kuzataman, bo‘sh xonalarga kirib olib soatlab dars qiladigan o‘quvchilarimiz bor. Shunday kuchli bolalar safida bo‘lish meni yanada ko‘proq izlanishimga sabab bo‘lyapti. Hatto avval yoqtirmagan kimyo, fizika fanlariga qiziqishni boshladim.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Ko‘plab xorijiy universitetlarga hujjatlarimni topshirganman. Hozircha 9 ta universitetga qabul qilinganim to‘g‘risida javob xatlari oldim. Ba’zi birlaridan 50 foizgacha grantlar yutdim.

    Bu yil 11-sinfni tamomlayman. Hozirgi eng katta maqsadim — dunyo reytingida 251-o‘rinda turadigan Amerikaning Sinsinnati universitetida tahsil olish va dunyodagi eng kuchli iqtisodchi bo‘lish. Biroq bu universitetga grant yutmaganman. Mazkur universitetda o‘qish va yashash xarajatlari uchun o‘rtacha 45 ming dollar kerak.

    Onam uy bekasi, otam tadbirkor. Lekin ota-onamga og‘irligim tushishini xohlamayman. Shuning uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda qatnashdim. Yaqinda suhbatga kirib chiqdim. Ikki haftalarda javobi chiqadi.

    Nasib qilsa grant yutib, Amerikada o‘qib, O‘zbekistonga qaytmoqchiman. Kelajakda yetuk iqtisodchi bo‘lib, uchinchi Renessansni amalga oshirmoqchiman.

    Zulfiya Usmonova, 16 yoshda

    Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zulfiya Usmonova.

    Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Zulfiya Usmonova.
    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Men tengdoshlarim kabi xorijiy universitetlarga kirmaganman. Chunki dadam chetda o‘qishimga rozi bo‘lmagani uchun topshirmaganman. Lekin mahalliy universitetlarga topshirib, Inha va Yaponiya raqamli universitetlariga qabul qilindim.

    Biroq kelajakda magistraturani chetda — Angliya yoki Koreyada o‘qib kelmoqchiman.

    AQShda o‘qishni istamasdim. Sababi u yerda bo‘layotgan voqealar bizning mentalitetimizga, dinimizga mos kelmaydi, deb hisoblayman. Albatta, aylanib kelishga arziydi, lekin 3 yil davomida u yerda yashashni istamasdim.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Men ham sinfdoshim Shahrizoda bilan bir jamoadaman. Hozirda turli mobil dasturlar ishlab chiqyapmiz.

    Eng katta maqsadim – xalq ta’limi vaziri bo‘lish. Vaqti kelib, shu lavozimga kelganimda O‘zbekistonda Prezident maktablarini ko‘paytirardim. O‘qituvchilarga va o‘quvchilarning bilim olishga bo‘lgan munosabatini o‘zgartirmoqchiman. Chunki hozir ko‘p o‘quvchilarning xayolida birinchi o‘rinda o‘qish emas, boshqa narsalar bor.

    O‘zim misolimda aytadigan bo‘lsam, bu yerga kelganimdan so‘ng, hayotim tubdan o‘zgargan. Sinfdoshlarim haqiqatan ham o‘qiydi. Darslarni vaqtida bajaradi, kech qolmaydi, ya’ni har narsaga mas’uliyat bilan yondashadi.

    Eski maktabimda esa hammasi teskari edi. Aksariyat o‘quvchilar xohlasa maktabga kelardi, xohlamasa yo‘q. O‘qish ham yuzaki, bilim uchun emas, baho uchun o‘qishardi.

    Foto: “Daryo”/ Madina Nurman

    Bolalarning hayotida oilasining ta’siri juda katta. Prezident maktabiga men bilan uchta qiz ham kirgan edi. Lekin ularning ota-onasi yotoqxonada qolib o‘qitiladigan maktabda tahsil olishiga rozi bo‘lmadi.

    To‘g‘ri, o‘sha ota-onalarni ham bir tomondan tushunsa bo‘ladi, qizlar soni kam. Har xil fikrlarga borish mumkin. Lekin men qizlarga o‘zlari nimani xohlasa, shu bilan shug‘ullanishlarini maslahat berardim.

    Muallif: Xonzodabegim A’zamova Fotomuxbir: Madina Nurman Muharrir: Dilshod Sharipov

    25.05.2021, 11:18   Izoh (0)   84891
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Maktabgacha ta’lim vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi, qolgan o‘rinbosarlar darajasi tushirildi

    25.05.2021, 10:36

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 192 kishida koronavirus tasdiqlandi. Qurbonlar soni ikki nafarga ko‘paydi

    25.05.2021, 10:22

    O‘zbekistonda o‘tgan bir sutka ichida yana 15 mingdan ortiq kishi koronavirusga qarshi emlandi

    25.05.2021, 10:13

    Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Sariosiyo tumaniga hokim etib tasdiqlandi

    25.05.2021, 09:50

    Buxorolik folbin ayol aldov yo‘li bilan fuqarodan 1300 dollar pul va moddiy boylik undirgani ma’lum bo‘ldi

    25.05.2021, 08:24

    Toshkentda behayo suratlarini internetda tarqatish bilan qo‘rqitib, ayolning Lacetti va 50 mln so‘mga yaqin pulini olgan shaxs ushlandi

    25.05.2021, 08:08
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.