Toshkentdagi Humo Arena muz saroyi yonida 25-may kuni “Mo‘ynoqqa madad” velomarafoniga start beriladi.
Poytaxt hokimligi matbuot xizmatining xabariga ko‘ra, xayriya velomarafonini o‘tkazish doirasida ishtirokchilarning harakatlanish yo‘li bo‘ylab yo‘llarning quyidagi qismlari harakat uchun soat 09:30 dan 11:30 gacha yopiladi:
- Afrosiyob ko‘chasi — “O‘zbekiston” metro bekatidan Nukus ko‘chasigacha (Shox Med Center klinikasi);
- Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasidan Farg‘ona yo‘li ko‘chasigacha;
- Abdulla Qodiriy ko‘chasi — Farg‘ona yo‘li ko‘chasidan Qorasaroy ko‘chasigacha;
- Qorasaroy ko‘chasi — Abdulla Qodiriy ko‘chasidan “Hazrati Imom” majmuasigacha;
- Zarqaynar ko‘chasi — Qorasaroy ko‘chasidan O‘zbek davlat sirkining pastidagi tunnelgacha;
- Furqat ko‘chasi — O‘zbek davlat sirkining pastidagi tunneldan Islom Karimov shohko‘chasigacha;
- Islom Karimov shohko‘chasi — Furqat ko‘chasidan Afrosiyob ko‘chasigacha.
Bundan avval Toshkent viloyatidagi Keles ko‘prigi “ta’mirlash ishlari yakunlanguniga qadar” yopilgani hamda Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi 18-maydan bir yarim oyga yopilgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)