• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi maktab bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistondagi maktablar bitiruvchilariga tabrik yo‘lladi. Tabrik matni Prezident matbuot xizmati tomonidan e’lon qilindi.

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman

    Foto: “Daryo” / Madina Nurman
    Aziz farzandlarim!

    Qadrli maktab bitiruvchilari!

    Avvalo, barchangizni beg‘ubor o‘quvchilik yillaringizni ortda qoldirib, qadrdon maktabingiz, mehribon ustozlaringiz bilan xayrlashib, hayotingizning yangi, yanada mas’uliyatli bosqichiga qadam qo‘yayotganingiz bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

    Ushbu quvonchli ayyomda mamlakatimizdagi barcha maktablarda “so‘nggi qo‘ng‘iroq”lar yangrab, qariyb 438 ming nafar o‘quvchi yoshlarimiz yetuklik shahodatnomalarini qo‘llariga olmoqda.

    Bu nafaqat siz, aziz farzandlarimiz, balki biz – ota-onalar, ustoz-murabbiylar uchun ham g‘oyat quvonchli va hayajonli voqeadir. Chunki qalbi pok orzu-umidlar bilan to‘lgan sizlar kabi navqiron, azm-u shijoatli yoshlarimiz timsolida biz uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ta’lim-tarbiya sohasidagi sa’y-harakatlarimizning yana bir amaliy natijasini, xalqimiz va Vatanimiz kelajagini ko‘ramiz.

    Sizlar keyingi ikki yil davomida pandemiya sharoitida o‘qib va yashab, qiyinchiliklarga qarshi kurashish ko‘nikmalarini ham egallashingizga to‘g‘ri keldi. Albatta, bu murakkab sinovli kunlar hademay o‘tmishga aylanadi.

    Ishonchim komil, yangi O‘zbekiston sharoitida, zamonaviy taraqqiyot talablari asosida ta’lim-tarbiya olgan yosh avlod vakillari sifatida barchangiz davlatimiz, xalqimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlarni qadrlab, ulardan yanada samarali foydalanasiz.

    Qadrli o‘g‘il-qizlarim!

    Ma’lumki, biz o‘z oldimizga ulkan maqsadlarni qo‘yib, ularga erishishning eng muhim omili sifatida ta’lim-tarbiya sohasiga juda katta ahamiyat bermoqdamiz.

    Qisqa muddatda maktabgacha ta’lim, oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimida muhim o‘zgarishlar amalga oshirildi. “Yangi O‘zbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan shior asosida maktab ta’limini rivojlantirish umumxalq harakatiga aylandi.

    Bu haqda gapirganda, oxirgi to‘rt yilda 134 ta yangi maktab qurilib, 2 ming 965 ta maktab rekonstruksiya qilinib, tubdan ta’mirlangani va jihozlanganini qayd etish lozim.

    Yurtimizda mutlaqo yangicha mazmun va shakldagi zamonaviy Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar barpo etilmoqda.

    Hozirgi vaqtda respublikamizda 10 mingdan ziyod davlat umumta’lim, 171 ta nodavlat, 18 ta davlat-xususiy sheriklik shaklidagi maktablar faoliyat ko‘rsatmoqda. Jumladan, 56 ta matematika, 28 ta kimyo-biologiya, 14 ta axborot texnologiyalari fanlariga ixtisoslashtirilgan maktablar tashkil etildi.

    Shu boradagi ishlarimizni izchil davom ettirib, keyingi paytda fizika va chet tillariga ixtisoslashtirilgan maktablar ochishga alohida e’tibor bermoqdamiz. Shu yil sentabr oyida 14 ta fizika va 207 ta chet tillariga ixtisoslashtirilgan maktab o‘z faoliyatini boshlashini alohida ta’kidlash lozim.

    Eng muhimi, ana shu maktablarda ta’lim-tarbiya olayotgan o‘g‘il-qizlarimiz xalqaro fan olimpiadalari, ijodiy festival va tanlovlarda yuqori o‘rinlarni egallamoqda, mamlakatimiz va xorijdagi nufuzli oliygohlarga kirib o‘qish huquqini qo‘lga kiritmoqda.

    Oxirgi bir yarim yilda iqtidorli o‘quvchilarimiz xalqaro olimpiadalarda 4 ta oltin, 18 ta kumush, 30 ta bronza medalini qo‘lga kiritgani ham bu fikrni tasdiqlaydi.

    Yurtimizda olijanob kasb egalari bo‘lgan o‘qituvchilar, ustoz-murabbiylarning mashaqqatli mehnatini munosib rag‘batlantirish, ularning ish va turmush sharoitini yaxshilash, jamiyatdagi obro‘-e’tiborini oshirishga muhim ahamiyat qaratilmoqda.

    Xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari va ularning ustozlarini moddiy taqdirlash mexanizmi yo‘lga qo‘yilgani ham ana shunday ishlarimiz qatoriga kiradi.

    Dunyodagi taraqqiy topgan davlatlar tajribasi asosida maktab ta’limi uchun o‘quv dasturi va darsliklarining yangi avlodini yaratish bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi.

    Bugungi kunda butun yurtimizni qamrab olgan besh muhim tashabbus doirasida ham siz, aziz yoshlarimizning yetuk insonlar bo‘lib kamol topishingiz uchun ko‘p ishlar qilinmoqda.

    Xususan, farzandlarimizni san’at dunyosiga oshno etish maqsadida 800 dan ortiq madaniyat markazida 4,5 mingdan ziyod to‘garak faoliyati yo‘lga qo‘yilgani, ular musiqa asboblari va zarur jihozlar bilan ta’minlangani, maktablarda tashkil etilgan 36,5 mingdan ziyod to‘garaklarga 1 million 100 ming nafar o‘g‘il-qizlarimiz jalb etilgani bu boradagi muhim qadamlardir.

    Shuningdek, respublikamiz maktablarida 49 mingdan ortiq, bolalar va o‘smirlar sport maktablarida esa 26 mingga yaqin to‘garaklarda minglab o‘g‘il-qizlarimiz jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.

    Barcha maktablarimiz keng polosali internet tarmog‘iga bosqichma-bosqich ulanayotgani hamda mamlakatimizda jami 133 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazi ochilgani farzandlarimizda zamon talabi bo‘lgan kompyuter va IT texnologiyalar sohasida bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qilmoqda.

    Yana bir muhim masala – yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Shu asosda 201 ta axborot-kutubxona markazidagi kitoblar soni qariyb 25 millionga yetkazilgani, o‘tgan yili maktab kutubxonalari 150 mingdan ziyod yangi adabiyotlar bilan ta’minlangani yoshlarimizning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirishda muhim rol o‘ynamoqda.

    Aminmanki, shu kunlarda joylarda ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilayotgan yoshlar forumlari va besh muhim tashabbusga bag‘ishlangan festivallar ham maktablardagi bitiruv tadbirlariga uyg‘un bo‘lib, o‘g‘il-qizlarimiz hayotida o‘chmas iz qoldiradi.

    Aziz farzandlarim!

    Mana shu unutilmas damlarda sizlar yangi hayot ostonasida turib, kelajak rejalarini tuzar ekansiz, oldingizda katta imkoniyatlar va mas’uliyatli vazifalar turganini barchamiz yaxshi anglaymiz.

    Qalbingizdagi ezgu orzu-intilishlarni ro‘yobga chiqarishda mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan 137 ta oliy o‘quv yurti, 339 ta kasb-hunar maktabi, 193 ta kollej va 196 ta texnikum sizlarga muntazirdir.

    Sizlar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda oliy ma’lumot olish imkoniyati ham yaratilgan. Shu maqsadda 71 ta oliy ta’lim muassasasida sirtqi, 18 ta oliygohda kechki bo‘limlar faoliyat ko‘rsatmoqda.

    Iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlaridagi ehtiyojdan kelib chiqib, so‘nggi 5 yilda bakalavriat bosqichida 134 ta ta’lim yo‘nalishi, magistraturada 147 ta mutaxassislik yangidan tashkil etildi.

    Oliy ta’lim muassasalarida 2021/2022-o‘quv yilidan boshlab bosqichma-bosqich masofaviy ta’lim shaklida ham kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yiladi.

    Hozirgi kunda yoshlarimiz uchun bir vaqtning o‘zida 5 tagacha oliy ta’lim muassasasida tanlovlarda ishtirok etish imkoniyati yaratildi.

    Bitiruvchi yoshlarni oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi 2016-yildagi 9 foizdan 2020-yilda 25 foizga yetdi. Mazkur ko‘rsatkichni joriy yilda 28 foizga, 2030-yilda 50 foizga yetkazish – asosiy vazifamizdir.

    Azim poytaxtimiz Toshkent shahrida dunyoning eng ilg‘or oliygohlari bilan hamkorlikda xalqaro talablar asosida tashkil etilayotgan Yangi O‘zbekiston universiteti ham siz, aziz yoshlarimizni joriy yildan o‘z bag‘riga chorlaydi.

    Aziz bitiruvchilar, qadrli farzandlarim!

    Shu kunlarda sizlarning baxtingiz, kamolingizni o‘ylab, yurtimizda yana bir tizim joriy etilmoqda. Ya’ni joylarda viloyat, shahar va tuman hokimliklari, sektor rahbarlari ota-onalar va o‘quvchilar bilan uchrashib, barcha bitiruvchilar uchun zarur shart-sharoitlarni yaratib berish tashabbusi bilan chiqmoqda.

    Bir so‘z bilan aytganda, maktabni bitirib chiqayotgan yigit-qizlarimizdan birontasi e’tibordan chetda qolmaydi. Ularning har biri xalqimiz, Vatanimizning cheksiz mehri va yuksak e’tiborini his qilib yashaydi.

    Shu munosabat bilan sizlarga, butun mamlakatimiz yoshlariga murojaat qilib aytmoqchiman: hech qachon unutmang, sizlar inson har tomonlama erkin, ozod va farovon yashaydigan yangi O‘zbekiston, yangi Renessans bunyodkorisizlar.

    Sizlarning hayotda o‘z munosib o‘rningizni topishingiz uchun davlatimiz va jamiyatimiz bundan buyon ham bor kuch va imkoniyatlarini to‘la safarbar etadi.

    Xalqimizning ana shunday yuksak ishonchiga doimo munosib bo‘ling!

    Sizlarning o‘z oldingizga yuqori maqsadlar qo‘yib, vaqtingizni behuda o‘tkazmay, doimo bilim va ko‘nikmalaringizni oshirib borishingiz, yangi kasb-hunarlarni egallashingiz va eng asosiysi o‘z maqsadingiz sari tinmay harakat qilishingiz, albatta, kelgusidagi muvaffaqiyatlaringiz garovidir.

    O‘rganish, izlanish va intilishdan aslo to‘xtamang!

    Sizlarni maktab ta’limini muvaffaqiyatli tugatganingiz bilan yana bir bor samimiy tabriklayman. Barchangizga sihat-salomatlik, ishda va o‘qishda, shaxsiy hayotda katta yutuq va omadlar tilayman.

    Mustaqil hayot sari tashlayotgan ilk dadil qadamingiz qutlug‘ va muborak bo‘lsin! Sizlarning yutuq va g‘alabalaringizga ishonaman, aziz bolalarim!

    Shavkat Mirziyoyev,

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti

    Mavzuga doir:

    • O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berdi
    • “O‘zbekistondagi maktablarda bosqichli nazorat va yakuniy imtihonlar o‘tkaziladi” — XTV
    • 2021-yil yakunigacha Prezident maktablari soni yana 10 taga ko‘payishi ma’lum qilindi

    24.05.2021, 20:26   Izoh (0)   22597
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sherzod Kudbiyev Olmaliqdagi voqealar sabab nega 11 nafar soliqchini ishdan olganiga izoh berdi

    24.05.2021, 20:09

    O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazishga ruxsat berdi

    24.05.2021, 19:44

    “O‘zbekneftgaz”: Sho‘rtan gaz kimyo majmuasidagi joriy ta’mirlash ishlari belgilangan muddatdan avval yakunlandi

    24.05.2021, 19:30

    DSQ raisi Sherzod Kudbiyev QQS mojarosi bo‘yicha savol bergan jurnalistni xayp qilishda aybladi

    24.05.2021, 19:20

    Oltin narxi ko‘tarildi, ammo O‘zbekiston uni yana sotishni boshlashi uchun yetarli darajada emas

    24.05.2021, 18:40

    Timur Ishmetov 2021-yil yakunigacha O‘zbekistondagi yana bir yirik bank xususiylashtirilishini aytdi

    24.05.2021, 18:10
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Sistit — bu uyat emas!


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyada Putinni Gitlerga o‘xshatib mem qilganlar jazolanadi

    Dunyo | 30 may, 23:55

    Zarafshon daryosidan noqonuniy ravishda qum-shag‘al qazib olgan shaxsga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 30 may, 23:40

    “O‘zbekiston qo‘shni davlatlar bilan urushga kirishishi mumkin edi” – Abdulaziz Komilov

    O‘zbekiston | 30 may, 23:30

    AQSH Oliy sudi Trampga 500 ming muhojirni mamlakatdan chiqarib yuborishga ruxsat berdi

    Dunyo | 30 may, 23:25

    Nepalda o‘n minglab namoyishchilar monarxiyani tiklashni talab qilmoqda

    Dunyo | 30 may, 23:10

    “Daryo” dayjesti: 30-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 30 may, 22:55

    Toshkent viloyatida svetoforning taqiqlovchi ishorasiga amal qilmagan haydovchining mashinasidan giyohvand modda topildi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:40

    Surxondaryodagi 5 ta “dom”da 1,5 mlrd so‘mlik gazdan o‘g‘rincha foydalanilgani aniqlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 22:30

    Fransiya prezidenti Isroilga qarshi siyosat yuritishda ayblandi

    Dunyo | 30 may, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.