“Tottenhem” yarim himoyachisi Garet Beyl Angliya Premyer Ligasining so‘nggi turida “Lester”ga qarshi o‘yinda (4:2) dubl qayd etdi.
Shu tariqa uelslik futbolchining Premyer Ligadagi gollari soni 11 taga yetdi, “shporlar” tarkibida faqat Harri Keyn (23) va Son Hyon Min (17) undan ko‘proq gol urgan.
31 yoshli futbolchining barcha musobaqalardagi gollari soni esa 16 tani tashkil qiladi. E’tiborlisi, Beyl “Real”dagi so‘nggi ikki mavsumida La Ligada atigi 10 ta gol urgandi.
Beylning transfer huquqi “Real”ga tegishli, u 2020/21-yilgi mavsumni “Tottenhem”da ijara asosida o‘tkazdi. Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022-yilda o‘z nihoyasiga yetadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)