Toshkent Besh tashabbus harakati doirasida hukumat vakillari, vazirlik va tashkilotlar rahbarlari, jamoatchilik faollari, bloger va jurnalistlar muloqotlar, madaniy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Unda Milliy olimpiya qo‘mitasi va O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov bilan ham ochiq muloqot o‘tkazildi.
Ravshan Ermatov “Atletiko M” futbol klubining O‘zbekistonga kelishi haqidagi xabarlarga aniqlik kiritdi.
Xabaringiz bor, yaqinda turizm va sport vaziri Ispaniya va Italiya safarlarida bo‘ldi. Safar chog‘ida “Atletiko M” klubi vakillari bilan muzokaralar olib borilgan. Biz ular bilan qaysi yo‘nalishlar bo‘yicha tajriba almashishimiz mumkinligi, xalqaro o‘rtoqlik o‘yinlari, murabbiylarni Ispaniyaga malaka oshirishga yuborish, yosh futbolchilarni klub akademiyasiga joylash kabi masalalarini muhokama qildik.Bilasiz, “Atletiko M” jamoasining taqvimi juda tig‘iz, shuning uchun hozircha klubning yoshlar jamoasidan boshlab turamiz. Keyinchalik kattalar jamoasi, vaqti kelsa Ispaniya terma jamoasi bilan ham o‘ynash imkoniyatimiz bo‘ladi.
Ravshan Ermatov, O‘FA birinchi vitse-prezidenti
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)