Andijon tumani Serdar Patel ko‘chasida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida Andijon shahar tibbiyot birlashmasining ikki nafar xodimi jarohatlandi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Umidjon Mamarasulov xabar berdi.
“Daryo” manbasining ma’lum qilishicha, YTH 2021-yilning 24-may kuni soat 8:56 da Andijon tumani Serdar Patel ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Andijon—Janubiy Olamushuk yo‘lida harakatlanib kelayotgan tez tibbiy yordam bo‘limining Damas mashinasi Nexia avtomobili bilan to‘qnashgan. Bu haqda Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Andijon filialiga soat 9:04 da xabar berilgan. Hodisa natijasida bo‘lim shifokori hamda haydovchisi o‘rta og‘ir tan jarohati bilan filialga yotqizilgan.
Avvalroq Angrendagi 8 ta transport vositasi ishtirokidagi YTHda 5 kishi halok bo‘lgani, Toshkentda yo‘lni ajratib turuvchi to‘siqqa urilgan Spark haydovchisi shifoxonada vafot etgani haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)