Daryo

Samarqandda Nexia va avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan YTH oqibatida yengil mashina haydovchisi halok bo‘ldi

Avtobus haydovchisi esa tuman Tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan

1 daqiqa o‘qish47 602 ko‘rishlar0 izoh0
Kadr: YouTube

Samarqand viloyatining Bulung‘ur tumanida Nexia-3 hamda avtobus ishtirokida sodir bo‘lgan avariya oqibatida bir kishi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.

Kadr: YouTube

Ma’lum qilinishicha, 18-may kuni soat 00:30 larda tumanning “Kichik keldon” MFY hududidan o‘tuvchi 4R-47 ichki avtomobil yo‘lining 16-kilometrida 28 yoshli Nexia-3 haydovchisi rul boshqaruvini yo‘qotishi natijasida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketgan va 25 yoshli fuqaro boshqaruvidagi avtobus bilan to‘qnashgan.

Avariyada Nexia haydovchisi olingan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Avtobus haydovchisi esa tuman Tibbiyot birlashmasiga murojaat qilgan.

Avvalroq Samarqandda turkiyalik haydovchi boshqaruvidagi Volvo yuk mashinasi piyodani urib yuborgani, Payariqda Damas yo‘l chetidagi 9 yoshli bolani urib yuborishi oqibatida jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgani, Farg‘onada Damas’ning traktor tirkamasiga urilishi oqibatida bir yo‘lovchi halok bo‘lgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar