Daryo

Toshkentda mast haydovchi boshqaruvidagi Epica ag‘darilib ketdi (video)

Haydovchi va mashina ichida bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi shifoxonaga yetkazilgan

1 daqiqa o‘qish108 112 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

24-may kuni soat 00:15 larda Toshkentning Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasida Epica avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi poytaxt IIBB axborot xizmati.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Ma’lum qilinishicha, avariya vaqtida haydovchi spirtli ichimlik ta’sirida bo‘lgani sabab boshqaruvni yo‘qotgan va avtomobil ag‘darilib ketgan.

YTH oqibatida 32 yoshli haydovchi, shuningdek, 31 va 33 yoshli ikki nafar yo‘lovchi turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan. Ta’kidlanishicha, YTH joyida transport vositasini boshqarish huquqini beradigan haydovchilik guvohnomasi va boshqa hujjatlar topilmagan.

Foto: Toshkent shahar IIBB axborot xizmati

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkentda mashina boshqarish huquqidan mahrum qilingan Spark haydovchisi piyodani urib yuborgani, Ohangaronda bir-biri bilan to‘qnashgan “KamAZ” va Lacetti to‘liq yonib ketgani, Navoiyda mast piyodani mashina urib ketishi oqibatida jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar