• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya milliy tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi

    Prezident Shavkat Mirziyoyev 17-may, dushanba kuni texnik jihatdan tartibga solish, standartlashtirish, sertifikatlash va metrologiya milliy tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari taqdimoti bilan tanishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekistonda sanoatni rivojlantirish, mahsulotlar sifatini oshirish, jahon bozorlariga chiqish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Xususan, mamlakatda mavjud 30 mingga yaqin standartning 19 mingtasi xalqaro normalar bilan uyg‘unlashtirildi va xalqaro standartlar reyestri shakllantirildi.

    Eskirgan, bozor iqtisodiyoti mexanizmlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan 5 ming 600 ta standart amaliyotdan chiqarildi, 3 ming 500 tasi zamon talablari asosida takomillashtirildi. Xalqaro analoglarga muvofiq qo‘shimcha 26 ta texnik reglament ishlab chiqildi.

    Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi 260 ta korxonada Global G.A.P. hamda Organic standartlari asosida sifat tizimi joriy etildi va ular xalqaro darajada sertifikatlashtirildi.

    32 ta to‘qimachilik korxonasi Oeko-Tex standarti asosida sertifikatlashtirildi. 21 ta korxona Yevropa Ittifoqida talab etiladigan “SE” markirovkasini tasdiqlovchi sertifikat oldi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Sinov laboratoriyalari modernizatsiya qilinib, mamlakatga chet ellardan keltirilayotgan mahsulotlar sifati ham o‘rganib borilmoqda.

    Shu bilan birga, ishlab chiqarishda, eksport va import jarayonlarida standartlar bilan bog‘liq yana ko‘plab vazifalar bor. Ayrim tartib-taomillar tadbirkorlarga qiyinchilik tug‘dirmoqda.

    Taqdimotda shu masalalarni hal etish, sohadagi tartiblarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi.

    Masalan, bugungi kunda 3 ming 400 turdagi mahsulotga sanitariya-epidemiologik xulosa bilan birga muvofiqlik sertifikati ham talab etilmoqda.

    Davlat rahbari mutasaddilarga sanitariya-epidemiologik xulosa olinadigan mahsulotlar ro‘yxatini maqbullashtirish, qo‘shimcha muvofiqlik sertifikati talabini bekor qilish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha topshiriq berdi.

    Import mahsulotlar sinovi bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida amalga oshirilib, bunga 60 kungacha vaqt ketmoqda. Shu bois, bu boradagi hujjatlarni kamida 30 kun oldin bojxona elektron dasturiga joylashtirish tizimini yo‘lga qo‘yish vazifasi belgilandi.

    Sohani takomillashtirishda jahon tajribasidan foydalanilmoqda. Jumladan, Yevropada faqatgina 28 turdagi xavfi yuqori bo‘lgan mahsulot majburiy sertifikatlanadi, qolgan barcha turdagi tovarlar muvofiqligi deklaratsiyalash orqali tasdiqlanadi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Taqdimotda shunday tizimni tajriba-sinov tariqasida amaliyotga kiritish zarurligi qayd etildi. Dastlabki bosqichda 800 ga yaqin mahsulot turi bo‘yicha deklaratsiyalash tartibi joriy etiladi.

    Xalqaro talablar bilan uyg‘unlashmagan 11 mingta milliy standart o‘rniga xalqaro standartlarni qabul qilish hamda 2023-yildan barcha korxonalarni ushbu standartlarga o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatma berildi.

    “O‘zstandart” agentligi tizimidagi 20 ta sinov laboratoriyasi faoliyatini xalqaro darajada tashkil etib, birinchi navbatda oziq-ovqat, qishloq xo‘jaligi, elektr texnikasi, yengil sanoat, gigiyena va parfyumeriya mahsulotlari hamda qurilish materiallarining xalqaro standartlarga muvofiqligini baholashni yo‘lga qo‘yish muhimligi ta’kidlandi.

    Yevropa Ittifoqining “GSP+” tizimi doirasidagi imtiyozlardan keng foydalanish uchun korxonalarga xalqaro sertifikatlar olishda ko‘maklashish kerakligi qayd etildi.

    Jahon savdo tashkilotining Savdodagi texnik to‘siqlar hamda Sanitariya va fitosanitariya choralari to‘g‘risidagi bitimlari normalaridan kelib chiqib, ushbu sohalarga mas’ul idoralarning vakolatlarini aniq belgilash vazifasi qo‘yildi.

    Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagani, Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil oktabr oyigacha qanday xalqaro tadbirlarda qatnashishi ma’lum qilingani hamda Shavkat Mirziyoyev bilan suhbatlashgan onkologiya markazidagi qizaloq Prezident maktabiga olinadigan bo‘ldi, uning oilasiga uch xonali uy berilgani haqida xabar berilgandi.

    17.05.2021, 22:59   Izoh (0)   13167
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasining bir qismi 18-maydan bir yarim oyga yopiladi

    17.05.2021, 22:46

    “Otabek Sattoriyning sud ishiga hokimlikning aloqasi yo‘q”. Surxondaryo viloyati hokimligi Rasul Kusherbayev so‘zlariga munosabat bildirdi

    17.05.2021, 22:22

    Miralisher Islomov Gematologiya markaziga direktor etib tayinlandi

    17.05.2021, 22:10

    Toshkentda qizi va nevarasi tomonidan kaltaklangan 87 yoshli onaxonga himoya orderi berildi

    17.05.2021, 21:58

    “Toshkent Besh tashabbus harakati” doirasida taniqli dijeylar chiqish qiladi

    17.05.2021, 21:55

    “Biz egallamagan faqat bitta reyting qoldi: zo‘rlash bo‘yicha yuqori reyting”. Bloger ayollar O‘zbekistonda xotin-qizlar zo‘rlanishi haqida

    17.05.2021, 19:34
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar tiklanadi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 11:21

    Rossiya har oy 6 mingdan ortiq Shahed droni ishlab chiqarmoqchi — CNN

    Dunyo | 24 avgust, 10:55

    Kinotavsiya: Vaqtlararo sayohat haqidagi 7 ta fantastik serial

    Kino | 24 avgust, 10:36

    DXX kubogi: “Jomiy” mahallasi yoshlari chempionlikni qo‘lga kiritdi

    Sport | 24 avgust, 10:18

    Shubhali to‘lovlarni amalga oshirmang — Migratsiya agentligi fuqarolarni ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 10:12

    Uzbekistan Airports bodi-kameralar xaridi yuzasidan tender natijalari bekor qilinganiga izoh berdi

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:59

    O‘zbekistonga benzin necha puldan import qilinadi?

    O‘zbekiston | 24 avgust, 08:22

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.