“Real” La Liga 36-turi doirasida 13-may kuni “Granada”ga qarshi bahs olib bordi. Unda madridliklar 4:1 hisobidagi g‘alabani qo‘lga kiritdi.
“Qaymoqranglilar” Primerada ketma-ket 16 o‘yindan buyon yutqazmayapti: 11 g‘alaba, 5 durang. Bu ayni damda liganing eng yaxshi natijasi bo‘lib turibdi.
“Real” Zinedin Zidan davrida chempionatda mag‘lubiyatsiz seriya qayd etish borasida eng yaxshi natijasini takrorladi. Birinchi marta bunday natija 2016/17-yilgi mavsumda kuzatilgandi.
“Real” so‘nggi bor 30-yanvar kuni “Levante”ga yutqazgandi, shundan buyon jamoa ligada mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda.
Madridliklarning keyingi o‘yini 16-may kuni “Atletik B”ga qarshi bo‘ladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)