“Turon” klubi bosh murabbiyi Islombek Ismoilov o‘z arizasiga ko‘ra iste’foga chiqarildi. Bu haqda yaypanliklar klubi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Superliga 8-turi doirasida 13-may kuni bo‘lib o‘tgan “Turon” — “Qizilqum” uchrashuvidan (0:1) keyin jamoa rahbariyati ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tgan. Unda bosh murabbiy o‘z arizasiga ko‘ra ishdan bo‘shagan.
Jamoani vaqtinchalik polshalik mutaxassis Boguslav Baniak boshqarib turadi.
Ma’lumot uchun, Superliga debyutanti bo‘lgan “Turon” klubi 8 turdan keyin 3 ochko bilan so‘nggi o‘rinda bormoqda va hali biror marta ham g‘alaba qozona olmadi.
Shu tariqa bu Superliga 2021-yilgi mavsumida to‘rtinchi iste’fo bo‘ldi. Avvalroq “Navbahor” No‘mon Hasanov, “Metallurg” Andrey Shipilov, “Andijon” esa Otabek G‘ulomxo‘jayev bilan xayrlashgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)