Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 36-turida “Atletiko” 12-may, chorshanba kuni “Real Sosyedad”ni mehmon qildi.
Uchrashuvda hisob 16-daqiqada ochildi, Yannik Ferreyra Karrasko jarima maydonchasi ichidan darvozani ishg‘ol etdi. Birinchi taymning o‘zida Anxel Korrea hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. O‘yin tugashi arafasida esa “Sosyedad” yarim himoyachisi Igor Subeldiya hisobni qisqartirishga erishdi.
Ushbu g‘alabadan keyin “Atletiko”ning ochkolari 80 taga yetdi, “matraschilar” musobaqa jadvalida peshqadamligini mustahkamladi. Ikkinchi o‘rindagi “Barselona”ning hisobida 76 ochko mavjud. “Real” esa bitta o‘yin kam o‘tkazgan holda 3-pog‘onada bormoqda.
La Liga
36-tur bahsi
12-may, chorshanba
“Atletiko” – “Real Sosyedad” 2:1
Gollar: 1:0 – 16 Karrasko, 2:0 – 28 Korrea, 2:1 – 83 Subeldiya.“Atletiko”: Oblak, Savich, Trippyer, Ermoso, Felipe, Saul (Kondogbia, 73), Karrasko, Lyorente, Koke, Korrea (Joau Feliks, 73), Suares (Lodi, 81).
“Real Sosyedad”: Remiro, Monreal (Lopes, 59), Saldua, Elustondo (Subeldiya, 69), Sanyan (Pacheko, 59), Oyarsabal (Merkelans, 69), Subimendi, Barrenechea, Guridi, Portu, Isak (Bautista, 46).
Izoh (0)