Futbol bo‘yicha Fransiya Kubogining 1/2 final bosqichida “PSJ” 12-may, chorshanba kuni “Monpelye” bilan bahs yuritdi.
Uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi. Parijliklar safida Kilian Mbappe dublni rasmiylashtirgan bo‘lsa, “Monpelye”dan Gaetan Labord va Andi Delor o‘z hisobiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi. Shundan so‘ng jamoalar penaltilar seriyasiga murojaat qildi. Seriyada esa “PSJ” 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Ikkinchi finalchi nomi 13-may kuni bo‘lib o‘tadigan “Monako” va “Ryumiyi-Valyer” o‘rtasidagi bahsdan keyin ma’lum bo‘ladi.
Fransiya Kubogi
1/2 final bahsi
12-may, chorshanba
“Monpelye” — “PSJ” 2:2
Gollar: 0:1 – 10 Mbappe, 1:1 – 45 Labord, 1:2 – 50 Mbappe, 2:2 – 83 Delor.Penaltilar seriyasidagi hisob: 5:6
“Monpelye”: Berto, Ilton, Ristich, Kongre, Suke (Mavididi, 46), Sambiya, Ferri (Le Tallek, 68), Molle (Dolli, 86), Savanye, Labord, Delor.
“PSJ”: Navas, Diallo, Florensi (Neymar, 86), Bakker, Markinyos, Paredes, Guye (Danilu Pereyra, 81), Rafinya (Draksler, 72), Sarabiya (di Mariya, 73), Ikardi, Mbappe (Kin, 82).
Ogohlantirishlar: Ferri (52), Molle (65), Bakker (89), Savanye (89), Neymar (90).
Izoh (0)