Italiyada ijtimoiy tarmoqlar orqali mamlakat prezidenti Serjo Mattarellaga nisbatan haqorat va tahdid qilish bo‘yicha 11 kishi taftish qilindi. Tergov-surishtiruv ishini Rim prokuraturasi olib bormoqda. Bu haqda Adnkronos nashriga tayanib “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: EPA

“So‘nggi tergovlar internetda davlat rahbariga nisbatan tajovuzkor harakatlar ko‘payganini aniqladi, ular mamlakatning yuqori turuvchi institutlariga qarshi puxta o‘ylangan tajovuz strategiyasining natijasi hisoblanadi”, — deyiladi nashr xabarida.

44 yoshdan 65 yoshgacha bo‘lgan gumonlanuvchilar orasida pensioner, optika mutaxassisi, internet nashrining ikki nafar jurnalisti, Rim shifoxonasining ma’muriy xodimi, Rimdagi Molize universitetining professor va talabasi bor.

Ular davlat rahbarining sha’niga va obro‘siga putur yetkazishda, shuningdek, jinoyat sodir etishga da’vat etishda ayblanmoqda.

Politsiya gumonlanuvchilarning uyida tintuv o‘tkazdi va ularning mobil qurilmalari va kompyuter texnikalarini musodara qildi.

Xususan, huquq-tartibot idoralari xodimlari 53 yoshli universitet professorining “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i orqali keskin o‘ng qarashli guruhlar va antisemitlar bilan aloqador ekanini aniqladi.

Haqoratli xabarlar 2020-yilning aprel oyidan 2021-yilning fevral oyigacha e’lon qilingan. Ularda karantin cheklovlari va Italiya hukumati tomonidan koronavirus tarqalishining oldini olish uchun qilingan boshqa harakatlar tanqid qilingan.

Avvalroq Rossiyaning Qozon shahridagi (Rossiya tarkibiga kiruvchi Tatariston Respublikasi poytaxti) 175-sonli maktabda 11-may kuni ertalab otishma sodir bo‘ldi. Qurollangan ikki kishi maktabga bostirib kirib, o‘quvchilarga qarata o‘q uzgan. Keyinroq hujum qilganlardan biri maktab kiraverishida hibsga olingan.