• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12676.11
    • RUB161.56
    • EUR14975.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yevropaning eng yirik shaharlaridagi namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi

    Yevropaning eng yirik shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tib, ular politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Xususan, gap Berlin, London, Bryussel, Syurix va Parij haqida bormoqda, deb yozadi “RBK”.

    Foto: Reuters

    Foto: Reuters

    Britaniya poytaxtida hukumatdan politsiya vakolatlarini kengaytiradigan qonun qabul qilinishini bekor qilishni talab etib norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tdi. Berlin, Syurix va Parijda birinchi may manifestatsiyalari, Bryusselda esa koronavirus choralarining kuchaytirilishiga qarshi aksiyalar tashkil qilindi.

    Birinchi may namoyishlari butun Germaniya bo‘ylab o‘tkazilgan, ammo politsiya bilan to‘qnashuvlar faqat Berlinda bo‘lib o‘tgan. “Namoyishchilar va politsiyachilar o‘rtasida keskin to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi”, — deb yozadi mahalliy nashrlardan biri. Uning ma’lumotlariga ko‘ra, aksiya ishtirokchilari politsiyachilarga tosh va butilkalar otgan, shuningdek, axlat qutilari  va poddonlarni yoqqan. Bunga javoban huquq-tartibot organlari xodimlari maxsus vositalarni qo‘llagan. Tartibsizliklar oqibatida bir necha kishi hibsga olindi, uch nafar politsiya xodimi va kamida ikki nafar namoyishchi jabrlandi.

    Reuters ma’lumotlariga ko‘ra, mingdan ortiq odam politsiya vakolatlarini kengaytirish tashabbusini bekor qilish talabi bilan London markazi bo‘ylab yurish qilib o‘tdi. Marsh London janubidagi istirohat bog‘laridan birida yakunlangan, u yerda namoyishchilar politsiyachilar bilan “jangga kirishgan”. Politsiya xabariga ko‘ra, to‘qqiz kishi hibsga olingan.

    Bryusseldagi Bua-de-la-Kambr bog‘ida mingdan ortiq odam to‘planib, koronavirus tarqalishi tufayli joriy qilingan cheklovlarni yumshatishni talab qildi. Aksiya ishtirokchilari “Ozodlik” deya baralla qichqirib, huquq-tartibot xodimlariga tuxumlar uloqtirdi. Miting ishtirokchilarini tarqatish uchun politsiya suv zambaragi, achchiq qalampirli gaz va dubinkalardan foydalandi. Oqibatda kamida o‘n kishi jabrlandi. Bir kishi politsiya otidan zarba yeb jarohatlangan.

    Parijdagi birinchi may namoyishlari ham tartibsizliklar bilan tugadi. Ularda kasaba uyushmalari va yoshlar tashkilotlari vakillari, sotsialistik va kommunistik partiyalar vakillari, shuningdek, “sariq nimchalar” harakati tarafdorlari qatnashdi. Dastlab aksiya tinch o‘tayotgan edi, ammo keyinroq namoyishchilar politsiyachilarga pirotexnika, tosh va butilkalar uloqtira boshladi. Bunga javoban huquq-tartibot organlari xodimlari ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va suv zambaragidan foydalandi. Fransiya ichki ishlar vaziri Jerald Dermanin ma’lum qilishicha, Parijdagi namoyishlar chog‘ida 34 kishi qo‘lga olingan. Umumiy mehnat konfederatsiyasi ma’lumotlariga ko‘ra, butun Fransiya bo‘ylab namoyishlarda 150 ming kishi, Parijda esa 25 ming kishi qatnashgan. Le Parisien yozishicha, Fransiya poytaxtidagi tartibsizliklarda 21 kishi jabrlangan, shularning to‘rt nafari jiddiy jarohat olgan.

    Syurixda Mehnat bayrami munosabati bilan bir yo‘la bir nechta namoyishlar o‘tkazildi. Shahar politsiyasi ma’lumotlari bo‘yicha namoyishchilar huquq-tartibot xodimlariga pirotexnika buyumlari va butilkalar uloqtirgan. Bunga javoban politsiyachilar ruxsat etilmagan aksiyalarni tarqatishda rezina o‘qlarni qo‘lladi. Politsiya aniqlik kiritishicha, uch kishi qo‘lga olingan. Jabrlanganlar haqida ma’lumot berilmadi.

    Mavzuga doir:

    • Chexiyada prezidentga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi
    • Isroilda diniy bayram paytida yuzaga kelgan tiqilinchda 40 dan ortiq odam halok bo‘ldi (foto va video)

    02.05.2021, 16:11   Izoh (0)   24633
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dushanbedagi yoqilg‘i quyish shoxobchasida portlash yuz berdi, 29 kishi jabrlandi (video)

    02.05.2021, 13:37

    O‘n nafar Qirg‘iziston fuqarosi Tojikistonda asirlikdan ozod etildi

    02.05.2021, 13:16

    Qirg‘iziston va Tojikiston o‘z qo‘shinlarini chegaradan olib ketishni boshladi

    02.05.2021, 12:15

    Hindistonda bir kun ichida rekord – 400 mingta koronavirusga chalinish holati kuzatildi. Bir hafta ichida dunyo bo‘yicha COVID-19’ga chalinganlarning 43 foiz qismi...

    02.05.2021, 00:32

    Hindistondagi COVID-kasalxonada yong‘in chiqishi oqibatida 18 kishi halok bo‘ldi

    01.05.2021, 22:59

    Turkmaniston prezidentining otasi miyaga qon quyilishi tufayli vafot etgani ma’lum bo‘ldi

    01.05.2021, 19:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BI Group va Asakabank O‘zbekistonda tijorat ko‘chmas mulki uchun biznes ipotekasini ishga tushirdi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


     Navoiy innovatsiyalar universiteti: zamonaviy bilim sari ishonchli qadam 


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “Kia Go!”: Kia Sonet egalarining uchrashuvi – yil davomida birga


    Qayerga investitsiya kiritish mumkin? Qanday aktiv turlari mavjud? 


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya

     

    Tavsiya etamiz

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39

    AQSHning Yaqin Sharqdagi harbiy bazalari soni nechta va qayerda joylashgan?

    24 iyun, 19:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin 2022-yildan beri ilk bor Makron bilan telefonda muloqot qildi

    Dunyo | 2 iyul, 08:37

    O‘zbekistonda endi 7-9-sinf o‘quvchilari universitetda ham o‘qitiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:15

    “Daryo” dayjesti: 1-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 1 iyul, 23:00

    Uorren Baffet 6 mlrd dollarlik Berkshire aksiyalarini xayriya qildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:40

    Toshkent arxitektura-qurilish universitetida dual ta’lim joriy etiladi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 22:25

    3 yil davomida uydan chiqmagan erkak axlat va chiqindilar uyumi orasidan topildi

    Dunyo | 1 iyul, 22:14

    “Kunning kamida 2-3 soatini salqin xonada o‘tkazing”. JSST anomal issiqda aholiga zarur bo‘lgan tavsiyalar berdi

    O‘zbekiston | 1 iyul, 21:55

    AQSH sog‘liqni saqlash vaziri amerikaliklarni dunyodagi eng kasal millat deb atadi

    Dunyo | 1 iyul, 21:45

    “Yoshlar Ittifoqi” qurib bitkazgan “Asr qurilishi” — BAM tarixi

    Dunyo | 1 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.