Madridning “Real” klubi 2020/21-yilgi mavsumda sermahsullik borasida eng past ko‘rsatkichlaridan birini qayd etmoqda.
Jamoaning 80 ta gol urishi uchun joriy mavsum (barcha musobaqalarda) 49 ta o‘yin kerak bo‘ldi. Bu so‘nggi 40 yil ichidagi eng yomon natija hisoblanadi.
Zinedin Zidan shogirdlari joriy mavsum La Ligada 60 ta (3 tasi avtogol), Chempionlar Ligasida 18 ta, Ispaniya Kubogi va Superkubokda bir martadan gol urdi.
Mavsum tugashiga uch tur qolganda jamoa 75 ochko bilan 2-o‘rinda ketmoqda va peshqadam “Atletiko”dan ikki ochko ortda qolmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)