“Manchester Yunayted” hujumchi Edinson Kavani bilan shartnomani uzaytirdi.
Klub rasmiy saytining yozishicha, 34 yoshli urugvaylik futbolchi bilan 2022-yilning 30-iyuniga qadar mo‘ljallangan yangi kelishuvga erishilgan.
Kavani 2020-yilning oktabr oyida erkin agent sifatida “Manchester Yunayted” safiga qo‘shilib, “1+1” ko‘rinishidagi shartnoma imzolagandi. Bungacha u “PSJ”, “Napoli”, “Palermo” va “Danubio” kabi jamoalarida to‘p surgan.
Hujumchi Angliya Premyer Ligasining 2020/21-yilgi mavsumida 23 uchrashuv o‘tkazib, 9 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Avvalroq futbolchiga Argentinaning “Boka Xuniors” jamoasi qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Izoh (0)