• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Oylar sultoni — Ramazon: Hayit kuni odoblari

    “Daryo” internet-nashri va O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Muslim.uz” portali o‘zaro hamkorlikda muborak oyga bag‘ishlangan “Oylar sultoni — Ramazon” loyihasini taqdim etadi.

    Loyiha doirasida taniqli ulamolar va diniy soha xodimlari mohi Ramazon fazilati to‘g‘risidagi oyati karimalar, hadisi shariflar sharhi hamda ro‘za tutish bilan bog‘liq savollarga javob beradi.

    Navbatdagi suhbat O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo bo‘limi bosh mutaxassisi Abdulatif Tursunov bilan uyushtirildi.

    Abdullatif Tursunov.

    Abdullatif Tursunov.
    Foto: “Muslim.uz”

    Hayit kuni odoblari

    Sho‘rolar davrida xalqimiz boshqa ko‘plab qadriyatlari qatori Hayit kunlarini rasman bayram qilish huquqidan ham mahrum qilingan edi. Yurtimiz o‘z mustaqilligini e’lon qilgan kundan boshlab ko‘plab milliy-diniy qadryatlarimiz qayta tiklandi.

    Dinimizda bir yilda ikki kun — Ramazon Hayiti va Qurbon Hayiti kunlarini mo‘min-musulmonlar uchun bayram kuni etib belgilangan. Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladilar: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga kelganlarida madinaliklarning ko‘ngilochar ikki kunlari bor edi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: ‘Bu qanday kunlar?’, deb so‘radilar. Ular: ‘Johiliyatda bu kunlari ko‘ngillarimizni xush qilardik’, deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: ‘Alloh taolo bu ikki kunni ulardan ham yaxshi qurbonlik va fitr kunlariga almashtirdi’, dedilar” (Imom Abu Dovud va Imom Ahmad rivoyatlari).

    Ushbu hadisdagi “fitr kuni”dan murod — Ramazon Hayiti kunidir.

    Qurbon Hayiti va Ramazon Hayiti kunlarida har bir musulmon o‘z xursandchiligi, saxovati va yuksak odob-axloqini har qachongidan ko‘ra ko‘proq izhor qilishi kerak. Shuning uchun ulamolarimiz mazkur bayram kunlarida musulmon kishi uchun zarur bo‘lgan ba’zi amallarni tavsiya qilganlar. Jumladan, quyidagi amallar Hayit kunlari mustahab sanaladi:

    • Hayit kunidan avvalgi tunni ibodat, duo va zikrlar bilan bedor o‘tkazish
    Hayit kuniga o‘tar kechaning ham o‘ziga yarasha fazilati bor. Uni butunlay yoki bir qismini, xususan, kechasining uchinchi qismini Qur’on tilovati, zikr, tasbih va nafl namozlar bilan bedor o‘tkazish ko‘plab yaxshiliklarga, ulkan savoblarga sabab bo‘ladi. Hadisda: “Kim ikki Iyd kechalarini Allohdan savob umidida qoim qilsa, qalblar o‘ladigan kunda uning qalbi o‘lmas”, deyilgan.
    • Hayit namoziga chiqish oldidan g‘usl qilish, misvok ishlatish, xushbo‘ylik surish
    Islom poklik dini. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlarining bir hadislarida: “Poklik iymonning yarmidir”, deganlar. Xususan, ibodatlar oldidan, ko‘pchilik jamoat to‘planadigan joylarga borishdan oldin g‘usl qilish, misvok orqali tishlarni tozalash dinimizda alohida ta’kidlangan. Rivoyat qilinishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Hayit namozi oldidan g‘usl qilar va misvok orqali tishlarini poklar ekanlar.
    • Chiroyli yangi kiyim kiyish (yangisi bo‘lmasa, kiyimlarining eng yaxshisini kiyish)
    Bu ham Alloh bayram qilib bergan kunni nishonlash, uni qadrlash ramzi hisoblanib, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallamning sunnatlaridandir. Xalqimiz qadimdan ushbu sunnatni go‘zal tarzda amalga oshirib kelgan. Hayit arafalarida kiyim-kechak bozorlarimizda savdo-sotiq qizg‘in avjiga chiqishi ham shundan. Bu ishda Alloh taolo bergan ne’matlarga shukr qilish bor. Ammo, shuni ham unutmaslik lozimki, ayollarning ziynatlanishlari shariat doirasida va mahramlar davrasida bo‘lishi kerak.
    • Fitr sadaqasi zimmasiga vojib bo‘lgan kishi uni Hayit namoziga chiqishdan oldin ado etishi
    Fitr sadaqasi ro‘zaga bog‘liq sadaqalardan bo‘lib, har bir jon uchun ikki kilo bug‘doy qiymatida beriladi. Ibn Umar raziyallohu anhumo aytadilar: “Rasululloh sallallohu alayhi vasallam fitr sadaqasini xurmodan bir so’, arpadan bir so’ miqdorida musulmonlardan qulga ham, hurga ham, erga ham, ayolga ham, kichikka ham, kattaga ham farz qildilar. Uni odamlar namozga chiqishidan oldin ado etishga amr qildilar” (Imom Buxoriy rivoyati).

    Ulamolarimiz: “Fitr sadaqasini xurmo yoki arpa yoki bug‘doyning o‘zidan yoxud ularning qiymatidan berish mumkin”, deganlar. Shundan kelib chiqib, O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati tomonidan fitr sadaqasi milliy pul birligimiz (so‘m)da qanchaga to‘g‘ri kelishi har yili e’lon qilinadi. Bu yilgi fitr sadaqasining miqdori:

    • bug‘doydan (2 kilo) 10 ming so‘m;
    • arpadan (4 kilo) 14 ming so‘m;
    • mayizdan (2 kilo) 80 ming so‘m;
    • xurmodan (4 kilo) 140 ming so‘m
    deb belgilandi.

    Fitr sadaqasini ado etmoqchi bo‘lgan kishi o‘zining imkoniyatidan kelib chiqib, ushbu summalardan birini miskin va faqirlarga berishi mumkin bo‘ladi. Fitr sadaqasini berish zakotga qodir kishilarga vojib, boshqalarga ixtiyoriy hisoblanadi. Uni Ramazon oyi davomida berish ham joiz, ammo afzali Hayit namozga chiqishdan oldin berishdir.

    • Masjidga chiqishdan oldin biror narsa tanovul qilish
    Ramazon Hayitida, Qurbon Hayitiga aks o‘laroq, namozga chiqishdan oldin biror narsa yeb olish ham Ramazon Hayitining odoblaridan sanaladi. Anas raziyallohu anhu: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam Ramazon Hayiti kuni bir necha xurmo yemasdan turib (namozga) chiqmas edilar. Xurmoni toq yer edilar”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).
    • Masjidga ketishda takbir aytish. Ramazon Hayitida maxfiy, Qurbon Hayitida esa ovoz chiqarib takbir aytiladi
    Takbir aytish deganda “Allohu akbar” deyish tushuniladi. Ibn Mas’ud raziyallohu anhudan naql qilingan quyidagi takbirni aytish takbirning yanada mukammal ko‘rinishi sanaladi: “Allohu akbar! Allohu akbar! Laa ilaaha illalloh! Vallohu akbar! Allohu akbar! Va lillaahil hamd”.
    • Hayit namozini ado etgandan keyin ota-ona, qarindosh-urug‘lar va yaqinlarni ziyorat qilish
    Hayit kunlari silai rahm qilish, qarindosh-urug‘, quda-andalarni ziyorat qilish har qachongidan ham ko‘ra ta’kidlangan bo‘lib, savobi ko‘proq bo‘ladi. Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Nabiy sallallohu alayhi vasallam: “Kimni rizqini kengaytirilishi va ajalini ortga surilishi masrur qilsa, qarindoshlariga silai rahm qilsin”, deganlar.

    Shuningdek, uzoqlashib ketgan qarindoshlar bilan, ayrim arazlashgan do‘st-yaqinlar bilan Hayit bahonasida aloqalarni tiklash, yarashib olish lozim. Zero, silai rahmni uzgan yoki musulmon birodariga gina qilgan kishilarga fazilatli kunlarning yaxshiligi yetmasligi haqida rivoyatlar bor. Shuningdek, Hayit kuni yetimlar, miskinlar, faqirlar hamda muhtojlarga yordam qo‘lini cho‘zish, ularning holidan xabar olish va mehr ko‘rsatish ham targ‘ib qilingan amallardan sanaladi.

    Ramazon Hayiti bayramini mazkur odoblarga rioya qilgan holda o‘tkazsak, ushbu ulug‘ kunni munosib nishonlab, ko‘plab ajru savoblarni qo‘lga kiritamiz. Shu bilan birga xalqimiz orasida ezgulik, mehr-oqibat bardavom bo‘lishiga hissa qo‘shgan bo‘lamiz.

    Ma’lumot uchun: Sizda shar’iy masalalarda savollar bo‘lsa, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Telegram’dagi @diniysavollar kanaliga, “savollar.muslim.uz” saytiga yoki fatvo bo‘limining 78-150-33-44 raqamli koll-markaziga murojaat qilishingiz mumkin.

    11.05.2021, 19:33   Izoh (0)   29919
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Ramazon hayiti kuni avtobuslar harakati soat 4:00 dan boshlanadi

    11.05.2021, 19:14

    O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli avtomobillar soni ma’lum qilindi

    11.05.2021, 18:47

    “Toshkentdagi Mingo‘rik yodgorligi yonidagi qurilish Madaniy meros departamenti ruxsatisiz boshlangan” — Senat qo‘mitasi

    11.05.2021, 18:23

    2021-yil yakunigacha Prezident maktablari soni yana 10 taga ko‘payishi ma’lum qilindi

    11.05.2021, 18:11

    O‘zbekistonda Fransiya investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar imzolandi

    11.05.2021, 17:41

    Prezident maktablaridagi o‘quvchilarning aksariyati vazir va hokimlarning farzandimi? Mutasaddilar javob berdi

    11.05.2021, 17:12
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Bekobodda "Biznesni rivojlantirish banki"ning  zamonaviy bank xizmatlari markazi ish boshladi


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    110% grant va xalqaro amaliyotlar: Central Asian University va AKFA Medline University Hospital rezidentura dasturiga qabul davom etmoqda


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Mikrokreditbank xalqaro moliya institutlari bilan muhim kelishuvlarga erishdi


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pavel Durov vasiyatnoma yozdi

    Dunyo | 20 iyun, 12:34

    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim

    Reklama | 20 iyun, 12:00

    Isroil hujumlari oqibatida G‘azoda 92 kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 20 iyun, 12:22

    Qo‘shrabot tumanidagi o‘quvchilar uchun 17 ta maktab avtobusi taqdim etildi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 12:09

    “Liverpul” egasi bo‘lgan Fenway Sports Group La Liga klubini sotib olishni rejalashtirmoqda

    Sport | 20 iyun, 12:05

    MIBdan salkam 19 mlrd so‘m qarzdorligi bor Xorazm viloyati hokimligi 1,7 mlrd so‘mga qimmatbaho avtomobillar xarid qilmoqda

    O‘zbekiston | 20 iyun, 11:57

    O‘n kunligida ajralgan xitoylik egizaklar haqiqatni bilmasdan eng yaqin dugonaga aylandi

    Qo‘ziqorin | 20 iyun, 11:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.