• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda Fransiya investitsiya loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hujjatlar imzolandi

    Toshkentda 10-may kuni bosh vazir o‘rinbosari — investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqov hamda Fransiya tashqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik masalalari bo‘yicha vaziri Frank Riyester raisligida savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston—Fransiya hukumatlararo komissiyasining 8-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati

    Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmatining xabar berishicha, unda Fransiya idoralari, yirik kompaniya va banklarining 50 dan ortiq vakillari, shuningdek, O‘zbekiston tomonidan tegishli vazirlik, idora, tarmoq birlashmalari va tijorat banklari rahbarlari ishtirok etdi.

    Tadbir kun tartibi bilan sanoat, energetika, qishloq xo‘jaligi, uy-joy kommunal xo‘jaligi, turizm, transport va boshqa sohalarda savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlik masalalarini qamrab olindi.

    Yig‘ilishning asosiy mavzusi investitsiyaviy hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari bo‘ldi. Bugungi kunda O‘zbekistonda qurilish,turizm, qishloq xo‘jaligi va xizmat ko‘rsatish sohalarida Fransiya kapitali ishtirokidagi 44 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Airbus, Total Eren, Eiffage, Thales, Vinci, Rungis, Orano, Suez, Leroy Merlin, Sanofi, Fives kabi yirik fransuz kompaniyalari hamda Natixis, Credit Agricole va Bpifrance banklari bilan loyihalarni amalga oshirishda erishilgan natijalar ta’kidlandi.

    Tomonlarning qayd etishicha, muqobil energetika, geologiya-qidiruv, infratuzilmani rivojlantirish, qishloq xo‘jaligi, transport va logistika, turizm, bank-moliya sohalarida investitsiyaviy hamkorlikni chuqurlashtirish borasida ham salmoqli salohiyat mavjud. Fransiya kompaniyalarini O‘zbekistonda davlat aktivlarini xususiylashtirish dasturida ishtirok etish uchun jalb qilish imkoniyatlari alohida tartibda muhokama qilingan.

    Uchrashuvda tomonlar o‘zaro savdoda mavjud to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirish maqsadida ikki mamlakatning tegishli vazirlik va idoralari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda savdo aylanmasini oshirish ishlarini davom ettirishga kelishib olindi. Shuningdek, O‘zbekiston iqtisodiyotining turli tarmoqlarida yangi istiqbolli loyihalarni hayotga tatbiq etish doirasida Fransiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiya va texnologiyalarini jalb etish borasida navbatdagi tadbirlar belgilab olindi.

    Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda Fransiya Tashqi savdo va iqtisodiy jozibadorlik vazirligi o‘rtasida 2021—2030-yillarga mo‘ljallangan ikki tomonlama iqtisodiy hamkorlik uchun “yo‘l xaritasi” imzolandi.

    Shuningdek, “Bildirsoy-Chimyon-Nanay” xalqaro umummavsumiy kurortini yaratish loyihasini moliyalashtirish bo‘yicha moliyaviy bayonnoma ham imzolandi. “Gazeta.uz”ning eslatib o‘tishicha, kurortning konsepsiyasi va iqtisodiy modeli Fransiyaning Orex Loisirs, Compagnie des Alpes, Geode, Egis, Epode va Patriarche kompaniyalaridan iborat konsorsiumi tomonidan ishlab chiqilgan edi. Konsorsium ishchi guruhi hududni dastlabki o‘rganish ishlarini 2018-yilda boshlagandi. Loyihaning umumiy qiymati 480 million dollarni tashkil etadi, shundan 280 million dollarini to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar.

    Loyiha doirasida turistik infratuzilmani rivojlantirish, shu jumladan osma ko‘priklar va chang‘i yo‘llarini qurish rejalashtirilgan. Kelgusida sayyohlik zonasi hududida echki, tuya va asalarichilikni rivojlantirish asosida qo‘shimcha xizmat turlari tashkil etiladi.

    Bundan tashqari, Suez kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan Toshkent shahrida suv ta’minoti tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihasini moliyalashtirish to‘g‘risida moliyaviy bayonnoma imzolandi. Avval xabar berilganidek, loyihaning umumiy budjeti 185,4 million yevroni tashkil qiladi. Mablag‘lar shahar suv ta’minoti va oqava suv tarmoqlarini modernizatsiya qilish va ularning boshqaruvini eng yuqori xalqaro standartlarga muvofiq takomillashtirishga yo‘naltiriladi.

    Total Eren kompaniyasi tomonidan Samarqand viloyatida 100 megavatt quvvatga ega quyosh elektr stansiyasini qurish bo‘yicha moliyaviy bitim imzolandi. Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Yevropa investitsiya banki va Proparco Fransiya taraqqiyot agentligi bo‘linmasi bilan birgalikda amalga oshiriladigan moliyalashtirish paketi umumiy hisobda 87,4 million yevro kreditni o‘z ichiga olgan.

    Fransiya taraqqiyot agentligi bilan 2021—2025-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi imzolandi. Avval xabar berilganidek, agentlik ushbu davrda O‘zbekistonda suv ta’minoti va kanalizatsiya, energetika, qishloq xo‘jaligi va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi loyihalarni amalga oshirish uchun 1 milliard yevro jalb qilmoqchi.

    Avvalroq O‘zbekiston va Fransiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2021—2022-yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturini imzolagani haqida xabar berilgan edi.

    11.05.2021, 17:41   Izoh (0)   15233
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezident maktablaridagi o‘quvchilarning aksariyati vazir va hokimlarning farzandimi? Mutasaddilar javob berdi

    11.05.2021, 17:12

    O‘zbekistondagi o‘zga tilli sinflarda o‘zbek tili chet tili kabi o‘rgatiladi

    11.05.2021, 16:40

    O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi qatorasiga uchinchi kun ko‘tarildi

    11.05.2021, 16:25

    Samarqandda Alisher Navoiy haykalini mazax qilgan TikTok foydalanuvchisi 15 sutkaga qamaldi

    11.05.2021, 15:44

    O‘zbekistonda Ramazon hayiti namozi o‘qilishi vaqtlari e’lon qilindi

    11.05.2021, 15:04

    Ohangaronda bir-biri bilan to‘qnashgan “KamAZ” va Lacetti to‘liq yonib ketdi

    11.05.2021, 14:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qora sedana: tabiiy dorivor o‘simlikning ilmiy asoslangan shifobaxsh xususiyatlari

    Maslahatlar | 23 avgust, 16:25

    O‘zbekistonda nevrologiya sohasida yangi loyihaga start berildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 16:05

    Kongo harbiy prokurori sobiq prezident Kabilaga o‘lim jazosi berilishini talab qilmoqda

    Dunyo | 23 avgust, 15:45

    O‘zbekiston terma jamoasining CAFA Nations Cup-2025 turniri uchun kengaytirilgan tarkibi e’lon qilindi (foto)

    Sport | 23 avgust, 15:37

    Foto: yovvoyi tabiatdagi jonivorlarning eng kulgili suratlari

    Layfstayl | 23 avgust, 15:20

    Rossiyada og‘ir ahvolda qolgan 8 nafar o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 15:00

    Sun’iy intellekt insonlarda psixoz keltirib chiqarishi mumkin

    Layfstayl | 23 avgust, 14:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.