Markaziy bank 11-maydan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 17,89 so‘mga ko‘tarilib, 10 529,73 so‘mni tashkil qildi. Yevro 111,11 so‘mga ko‘tarilib, 12 808,36 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi to‘rt kunlik pastlashdan so‘ng 18,36 so‘mga ko‘tarilib, 10 511,84 so‘mni tashkil qilgandi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2021-yilda O‘zbekiston aholisi ko‘proq naqd pul yechib olishni va xorijiy valyuta sotib olishni boshladi.
Izoh (0)