Haftaning birinchi yarmida O‘zbekistonning janubi-sharqiy hududlari nam va beqaror havo massalari ta’siri ostida bo‘ladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
10-may, dushanba, kunduz kuni respublikaning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Farg‘ona vodiysi viloyatlarida yomg‘ir kechqurun yog‘ishi mumkin. Shimoliy hududlarda va respublikaning eng janubida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
Keyinchalik ish haftasining oxirigacha respublikaning tekislik hududlari bo‘yicha, asosan, quruq ob-havo bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li tumanlarda hafta davomida ba’zi joylarda momaqaldiroq kuzatiladi, yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.
Ayrim kunlarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 15-20 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda. Havo harorati kechasi 13-18 daraja, kunduzi 23-28 daraja iliq atrofida bo‘ladi. Qayd etilishicha, bunday harorat may oyining o‘rtasi uchun o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlarga yaqin.
Izoh (0)