Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Hukumatning 5-maydagi qarori bilan Akbar Anvarjonovich Sultonov “O‘zcharmsanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi matbuot xizmati.

Unga qadar mazkur uyushma raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida Mirsaid Zoxidov faoliyat yuritib kelgan.

“O‘zcharmsanoat” uyushmasiga 2020-yilning 24-aprelidan buyon Faxriddin Boboyev raislik qilib kelmoqda.

Avvalroq Innovatsion rivojlanish vazirining sobiq o‘rinbosari vazirlik huzuridagi milliy ofisga bosh direktor etib tayinlangani, Transport vaziriga turizm va logistikani rivojlantirish masalalari bo‘yicha maslahatchi, “O‘zgidromet” bosh direktoriga yangi o‘rinbosarlar tayinlangani, madaniyat vaziriga sobiq madaniyat vaziri o‘rinbosar etib tayinlangani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Afg'oniston
Amerikaliklarga qaraganda samaraliroq: “Tolibon” Afg‘onistondagi ko‘knori maydonlarini qanday yo‘q qilmoqda?
Dunyo
Muzlatkich ichida jon saqlagan bola, Apple’ning yangi mahsulotlari, sudga chaqirilgan shahzoda — 6-iyun suratlari
Mahalliy
“Protivogaz kiydirib uribdi, bo‘g‘ishgan, barmoq izlari bor, itni ham bu darajada qiynoqqa solmaydi” — Bo‘kadagi IIB binosida o‘ldirilgan marhum haqida (video)