Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani hokimligi oldida bir yigit tomonidan kaltaklangan qiz videosi tarqaldi. Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Aniqlanishicha, 24-aprel kuni soat 22:00 larda Chiroqchi tumani Mustaqillik ko‘chasidagi avtoshohbekatda fuqaro T.N.ni o‘ziga notanish bo‘lgan shaxs urib, tan jarohati yetkazgan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda aniqlangan holatlar bo‘yicha Jinoyat kodeksining 277-moddasi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Tergov jarayoni Qashqadaryo viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Surxondaryoda qaynaka uy talashib kelinni urgani aytilgan xabarlar yuzasidan rasmiy ma’lumot berilgandi.
Izoh (0)