“Jenoa” hujumchisi Eldor Shomurodov A Seriya 34-turi doirasida “Latsio”ga qarshi kechgan 2-may kungi uchrashuvda (3:4) maydonga tushdi.
WhoScored portali o‘zbekistonlik futbolchining o‘yinini 7,5 ballga baholagan. Bu genuyaliklar safida Milan Badel (8 ball) va Mattia Perindan (7,7) keyingi eng yaxshi natija bo‘ldi. Eldor uchrashuvda asosiy tarkibda maydonga tushdi va jamoasining uchinchi goliga mualliflik qildi.
Shomurodov uchrashuv davomida 47 marta to‘pga tegindi. Uning 27 uzatmasidan 22 tasi (81%) aniq chiqdi. 25 yoshli futbolchi maydonda 10 marta yakkakurashga kirishib, ularning uchtasida muvaffaqiyat qozondi.
“Latsio” — “Jenoa” uchrashuvi videosharhini bu yerda tomosha qilish mumkin — video.
Shomurodov A Seriya 2020/21-yilgi mavsumida 27 ta o‘yin o‘tkazib, 5 gol va bitta golli uzatma amalga oshirdi. Eldor ilk bor A Seriyaning ketma-ket ikkita o‘yinida gol urdi, bundan avvalgi turda o‘zbekistonlik hujumchi “Spetsiya” darvozasini ishg‘ol qilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)