Talabalar orasida koronavirus bilan kasallanish holatlari aniqlanganligi sababli O‘zbekistondagi yana 2 ta OTM vaqtinchalik masofaviy ta’limga o‘tkazildi.
Xususan:
- O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti 28-apreldan boshlab;
- Jizzax davlat pedagogika instituti esa 30 apreldan boshlab 14 kunga masofaviy ta’lim tizimiga o‘tkazildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusga chalingani rasman tan olinganlar soni 90 406 nafarga yetdi. 28-aprel kuni mamlakatning 14 ta hududida jami 398 ta kasallanish holati aniqlangan.
Izoh (0)