“Manchester Siti” Chempionlar Ligasi yarim final dastlabki bahsi doirasidagi 28-aprel kungi uchrashuvda “PSJ”ni mag‘lub etdi (2:1).
Bu Pep Gvardiola jamoasi uchun bosh Yevrokubokdagi ketma-ket oltinchi g‘alaba bo‘ldi.
“Manchester Siti” Chempionlar Ligasi / Chempionlar Kubogida ketma-ket oltita g‘alaba qayd etgan 1969/70-yilgi mavsumdan keyingi ilk ingliz klubi bo‘ldi. O‘shanda “Lids” ushbu natijani qayd etgan, biroq jamoa yarim finalda o‘z yurishini to‘xtatgandi.
“Manchester Siti” va “PSJ” o‘rtasidagi javob uchrashuvi 4-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)