Markaziy bank 29-apreldan xorijiy valyutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
Unga ko‘ra, dollarning rasmiy kursi 14,47 so‘mga pastlab, 10 515,04 so‘mni tashkil qildi. Yevro 15,35 so‘mga pastlab, 12 688,50 so‘m bo‘ldi.
Bundan avval dollarning rasmiy kursi 18,67 so‘mga pastlab, 10 529,51 so‘mni tashkil qilgandi. O‘zbekistonda ushbu valyuta kursi qatorasiga ikkinchi kun pastladi.
Eslatib o‘tamiz, Markaziy bankning bazaviy prognozlariga ko‘ra, 2021-yil yakuni bo‘yicha inflyatsiya 9—10 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Markaziy bank Moliya vazirligining prognozlariga qaramay, 2023-yilda inflyatsiya 5 foizga yetishiga ishonmoqda.
Izoh (0)