Polshaning Kelse shahri bo‘lib o‘tgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionati oltin medaliga sazovor bo‘lgan Nigina O‘ktamova avtomobil bilan taqdirlandi.
-54 kg vazn toifasida harakat qilgan sportchi Jahon chempionatida barcha raqiblarini mag‘lub etgan holda chempionga aylandi. Bu orqali Nigina ayol bokschilar orasida Jahon chempionligini qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik sportchiga aylandi.
26-aprel kuni Boks federatsiyasi binosida sportchiga Nexia 3 avtomobili tantanali ravishda topshirildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘ktamova Jahon chempionati finalida ukrainalik Kristina Lakichukka qarshi to‘qnash kelgan va hakamlar qaroriga ko‘ra g‘olib deb topilgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)