• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.32
    • RUB161.89
    • EUR14822.1
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    Shahar markazidan uy, Malibu, Tracker, Gentra, Nexia-3 va eng kamida 3 ming dollar. O‘zbekistonlik bokschilar so‘nggi 4 yilda nimalar bilan taqdirlandi?

    Professional boksning ikkinchi yarim yengil (-55, 34 kg) vazn toifasida WBA va IBF kamarlarini qo‘lga kiritigan Murodjon Ahmadaliyevga Prezident sovg‘asi sifatida Chevrolet Tracker hamda Toshkent shahridan uch xonali uy sovg‘a qilindi.

    Kollaj: “Daryo”

    Kollaj: “Daryo”

    So‘nggi 4 yillikda bokschilarga mashina yoki uy sovg‘a qilinishi yangilik emas. Biz esa 2016-yildan beri o‘zbekistonlik bokschilar erishgan yutuqlari uchun qanday sovg‘a va mukofotlar bilan taqdirlanganini bir sahifaga jamlashga harakat qildik.

    Braziliya mezbonlik qilgan XXXI yozgi Olimpiada o‘yinlarida o‘zbekistonlik 7 nafar bokschi sovrindorga aylandi. Hasanboy Do‘stmatov, Shahobiddin Zoirov, Fazliddin G‘oibnazarov oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, Shahram G‘iyosov hamda Bektemir Meliqo‘ziyev o‘z vazn toifalarida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Rustam To‘laganov va Murodjon Ahmadaliyev esa O‘zbekiston nomiga bronza medallarni yozib qo‘ydi. Musobaqadan avval va’da qilingandek, oltin 200 ming, kumush 100 ming, bronza medal sohiblari esa 75 ming AQSh dollari mukofot puliga ega bo‘ldi. Bundan tashqari har bir sovrindor sportchiga Chevrolet Malibu avtomobili topshirildi.

    Foto: MOQ

    Foto: MOQ

    Riodan qaytgan sportchilarni viloyat hokimliklari ham taqdirlashni kanda qilmadi. Xususan, Murodjon Ahmadaliyevga Namangan shahridan ikki xonali uy sovg‘a qilindi. Qayd etish joiz, Murodjon 2015-yil Qatar poytaxti Doha shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon Chempionatida kumush medal bilan taqdirlangan va Olimpiada yo‘llanmasini qo‘lga kiritgani uchun hokimlik unga Chevrolet Cobalt hadya qilgandi.

    Oradan bir yil o‘tib, Germaniyaning Gamburg shahri boks bo‘yicha navbatdagi Jahon Chempionatiga mezbonlik qildi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida Kubadan so‘ng ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Terma jamoa hisobiga yagona oltinni esa Shahram G‘iyosov keltirdi. Sportchi Buxoroga qaytishi bilan viloyat hokimligi uni va murabbiyi Ravshan Xo‘jayevni Chevrolet Gentra avtomobillari bilan mukofotladi.

    Foto: MOQ

    Foto: MOQ

    2018-yili Indoneziya mezbonligida o‘tgan yozgi Osiyo o‘yinlarida o‘zbekistonlik bokschilar 7 ta medalni qo‘lga kiritdi. Jasurbek Latipov, Mirazizbek Mirzahalilov, Iqboljon Xoldorov, Bobousmon Boturov, Isroil Madrimov oltin medalga ega chiqdi. Hasanboy Do‘stmatov hamda Shunqor Abdurasulov esa kumush medalni qo‘lga kiritdi. Va’daga ko‘ra, oltin medalchilar 5000 ming dollar, kumush medal sohiblari esa 3000 ming dollarli bo‘ldi.

    Foto: Mudofaa vazirligi

    Foto: Mudofaa vazirligi

    2019-yil aprelida Tailandda navbatdagi Osiyo chempionati o‘tkazildi. Unda oltin medalga ega chiqqan Bahodir Jalolovga Surxondaryo viloyati hokimligi tomonidan Termiz shahridan 2 xonali uy sovg‘a qilindi.

    Foto: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati

    Foto: Surxondaryo viloyati matbuot xizmati

    2019-yil sentabrida esa Rossiyaning Yekaterinburg shahri boks bo‘yicha navbatdagi Jahon chempionati bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari umumjamoa hisobida 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medali bilan musobaqani 1-o‘rinda yakunladi. Oltin medalga ega chiqqan Bahodir Jalolov, Shahobiddin Zoirov, Mirazizbek Mirzahalilovlar Prezident sovg‘asi sifatida siz-u bizga yaxshi tanish Chevrolet Tracker sovg‘a qilindi. Kumushchi Dilshodbek Ro‘zmetovga Gentra, bronzachi Bobousmon Boturovga esa Nexia-3 nasib etdi.

    Foto: Boks federatsiyasi

    Foto: Boks federatsiyasi

    Ta’kidlash joiz, Buxoro viloyati hokimligi ham taqdirlash marosimidan oldinroq oltin medal sohibi Shahobiddin Zoirov va uning murabbiyiga bittadan Chevrolet Tracker’ni tortiq qilishga ulgurgandi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tracker’dan hech qancha o‘tmay, musobaqaning eng yaxshi bokschisi sifatida e’tirof etilgan Bahodir Jalolovga Toshkent shahridan uy sovg‘a qilindi.

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Foto: Toshkent shahar hokimligi

    Biroz vaqt o‘tib esa Farg‘ona viloyati hokimligi Mirazizbek Mirzahalilovga shahar markazidan uy sovg‘a qildi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumot uchun, 2020-yil Yaponiyaning Tokio shahri navbatdagi yozgi Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qiladi. Unga yo‘llanmani qo‘lga kiritgan o‘zbekistonlik sportchilarga 100 million so‘m mukofot puli va’da qilingan. Eslatib o‘tish o‘rinli, Rio—2016 Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun 50 million so‘m mukofot puli belgilangandi.

    O‘zbekistonlik bokschilar 3—11-mart kunlari Iordaniyaning Amman shahrida Tokio Olimpiadasi yo‘llanamasi uchun kurash olib boradi.

    05.02.2020, 20:35   Izoh (0)   67854
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “U gol urish uchun yashaydi”. Dunyo futboli yulduzlari Krishtianu Ronaldu haqida

    05.02.2020, 19:49

    Yutqazishni yomon ko‘radigan Krishtianu Ronaldu 35 yoshga to‘ldi. Uning eng chiroyli gollari bitta sahifada (video)

    05.02.2020, 18:18

    Xurshid G‘iyosov Janubiy Koreya klubi bilan shartnoma imzoladi

    05.02.2020, 14:00

    Liga 1. PSJ safarda “Nant”ni bazo‘r mag‘lub etdi

    05.02.2020, 08:11

    Germaniya Kubogi. “Borussiya D” va “Leypsig” musobaqa bilan xayrlashdi

    05.02.2020, 07:54

    Angliya Kubogi. “Liverpul” “Shrusberi”ni mag‘lub etdi va 1/8 finalda “Chelsi” bilan o‘ynaydi

    05.02.2020, 07:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Imzodan Engelberg premium romlari hashamatlikning timsolidir


    SonetUzStyle – ijodiy kontent uchun Kia Sonet sovg‘a qilamiz


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Farg‘ona viloyatida mo‘l hosil: fermerlar 95 sentnerdan ortiq g‘alla yetishtirdi 


    Toshkentda navbatdagi SAG XL gilam do'koni o'z ishini boshladi


    CAEx Mebel & Decor 2025 ko‘rgazmasi 13-15-sentyabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi


    Chiroyli davlat raqami va 1 yillik transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urtasiga ega HAVAL


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kapitalbank Top Employers Institute talqini bo‘yicha O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi maqomini yana bir bor tasdiqladi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Burger va lavashdan tortib kabob hamda flat-white’gacha — barchasi bir joyda!  

     

    Tavsiya etamiz

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23

    SSSRning qo‘shni davlatga bosqini tarixi: Afg‘onistonda yodgorlik o‘rnatilgan yagona sovet askari kim edi?

    5 iyul, 15:22

    “Erishib bo‘lmaydigan ball belgilangani yo‘q” — “El-yurt umidi” jamg‘armasi ijrochi direktori

    4 iyul, 22:11

    “AQSH o‘yindan chiqmoqchi”. Ukraina Qo‘shma Shtatlar yordamisiz qayergacha bora oladi?

    4 iyul, 19:55
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Latviya davlat xizmatchilarining Rossiya va Belarusiyaga borishini taqiqladi

    Dunyo | 10 iyul, 00:05

    Ozarbayjon va Rossiya o‘rtasidagi mojaro: nega bu ikki tomonlama ziddiyat Markaziy Osiyoda aks-sado bermoqda?

    Dunyo | 9 iyul, 23:45

    Joze Mourinyo sobiq shogirdini “Fenerbahche”ga olib kelmoqchi

    Sport | 9 iyul, 23:30

    “Ikki marta ko‘rgan insonimga turmushga chiqqanman”. Shahzoda Muhammedova oilasi, farzandlari va biznesi haqida gapirdi

    Shou-biznes | 9 iyul, 23:25

    Toshkent 20 yildan keyin qay ko‘rinishda bo‘ladi? Prezidentga yangi reja taqdim etildi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:50

    The Guardian: Grok sun’iy intellekti natsistga aylandi va o‘zini MexaGitler deb atadi

    Dunyo | 9 iyul, 22:45

    O‘zbekistonga go‘sht importi keskin ko‘paydi

    O‘zbekiston | 9 iyul, 22:25
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.