• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12524.89
    • RUB156.54
    • EUR14456.23
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda agroklasterlar tizimini jadal rivojlantirishga xizmat qiluvchi qonun va hukumat qarori qabul qilinishi kutilmoqda

    Bugun butun dunyoda oziq ovqat xavfsizligini ta’minlash eng dolzarb masalaga aylandi. Ayni paytda qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish, uning iqtisodiy samaradorligini oshirish, qishloq ahlining turmush sharoitini yanada yaxshilash, manfaatdorligini ta’minlash masalalari bevosita qishloq xo‘jaligida ishlab chiqarishning zamonaviy usuli — klasterlar tizimi bilan bog‘liq.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekistonda ham, so‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida qo‘shilgan qiymatlar zanjirini yaratish, tabiiy va moddiy resurslaridan oqilona foydalanish maqsadida klaster usuli keng tatbiq etilmoqda. Xususan, hozirgi kunda qishloq xo‘jaligining barcha yo‘nalishlarida 462 ta agrosanoat klasteri (2,2 million gektar yerlarda) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

    Qishloq xo‘jaligi vazirligi tizimi mutaxassislarining e’tirof etishicha, o‘tgan qisqa vaqtda ushbu tizim o‘zini har tomonlama oqlaganligi erishilayotgan natijalarda yaqqol nomoyon bo‘lmoqda. Lekin, o‘tgan davrdagi tajriba huquqiy jihatdan tartibga solish borasida qator masalalar borligini ham ko‘rsatdi.

    Jumladan:

    • agrosanoat klasterining huquqiy maqomi belgilanmagan (misol uchun, normativ-huquqiy hujjatlarda agrosanoat klasterining maqomi, uning mezonlari va tugatish asoslari mavjud emas);
    • agrosanoat klasterlarini tashkil etish yuzasidan yagona yondashuv mavjud emas;
    • agrosanoat klasterlari va davlat o‘rtasidagi munosabatlar qonuniy tartibga solinishi lozim;
    • fermer xo‘jaliklarini agrosanoat klasterlari bilan erkin ishlashini ta’minlash maqsadga muvofiq;
    • agrosanoat klasterlariga yer uchastkalarini ajratishda yagona yondashuv bo‘lishi lozim;
    • agrosanoat klasterlari va fermerlar faoliyatiga ma’muriy aralashuvlarni to‘liq cheklash;
    • agroklasterlarning rivojlanishiga asosiy turtki bo‘ladigan qishloq xo‘jaligi kooperatsiyalarini shakllantirish tizimining mavjud emasligi.
    Bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan o‘tgan davr tahlili hamda xorijiy davlatlarning tajribalarini chuqur o‘rgangan holda agrosanoat klasterlari faoliyatida mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha tizimli ish tashkil etilmoqda.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Xorijiy tajribalarga e’tibor qaratsak, AQSh, Kanada, Yaponiya, Xitoy, Yevropa mamlakatlari tajribasida agrosanoat klasterlari faoliyati qonun (normativ-huquqiy hujjat) bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tartibga solinmagan. Mazkur munosabatlar fuqarolik huquqiy munosabatlar asosida, jumladan sheriklik shartnomasi, kooperatsiyaga birlashishi orqali amalga oshiriladi.

    Xalqaro tajribadan kelib chiqib, agroklasterlar va kooperatsiya munosbatlarini huquqiy asoslarini mustahkamlash masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda. Xususan, sohaning yetuk mutaxassilari, olimlar, amaliyotchilar va ekspertlarni jalb qilgan holda “Qishloq xo‘jaligi kooperatsiyasi to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ishlab chiqildi.

    Qonun loyihasi 2021-yil 3-mart kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda konseptual jihatdan qabul qilindi. Bugungi kunda, qonun loyihasi Qonunchilik palatasi deputatlari, ekspertlar va soha mutaxassislari tomonidan bildirilgan takliflar asosida ikkinchi o‘qishga tayyorlandi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Qishloq xo‘jaligida kooperatsiya to‘g‘risida”gi qonunning qabul qilinishi qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarni shakllantirishning huquqiy asosini yaratish, kooperativlar faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, xo‘jalik sub’ektlari uchun munosabatlarni huquqiy tartibga solishga yordam beradi.

    Mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi orqali qishloq xo‘jaligida kooperatsiya munosabatlarini tartibga soluvchi normalarni yagona hujjatda unifikatsiya qilish va tizimlashtirish, ushbu sohasidagi munosabatlarni kompleks huquqiy tartibga solish, qonun hujjatlaridagi ziddiyatlar va bo‘shliqlarni bartaraf etishga erishiladi.

    Qonun loyihasi yirik kooperatsiyalarni tashkil etish, ular faoiyatini muvofiqlashtirish, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, moliyalashtirish bo‘yicha rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni qo‘llash masalalarini ko‘zda tutadi. Aynan, qishloq xo‘jalagi kooperatsiyalari tashkil etilishi, ularga ishlab chiqaruvchi, xizmat ko‘rsatvchi, tayyorlovchi va ta’minot korxonalarining birlashishi qishloq xo‘jaligida klaster tizimining jadal rivojlanishiga turtki bo‘ladi.

    Shundan kelib chiqqan holda, “Agrosanoat klasterlari maqomi va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi ham ishlab chiqilgan va belgilangan tartibda manfaatdor vazirlik hamda idoralar bilan kelishilgan.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Qaror loyihasida agrosanoat klasterlari maqomi va ularning faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash nazarda tutilmoqda. Jumladan, ushbu qaror bilan:

    • agrosanoat klasterining huquqiy maqomi belgilanmoqda (“agrosanoat klasteri — bu, bir yoki bir necha yuridik va jismoniy shaxslar guruhi tomonidan zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, qayta ishlash, saqlash, tayyor mahsulot ishlab chiqarish va realizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shilgan qiymat zanjiri yaratishni ilmiy, innovatsion usullar asosida amalga oshiriladigan faoliyat shakli”);
    • agrosanoat klasteri faoliyati uchun yer uchastkalari 30 yildan 50 yilgacha muddatga ijara huquqi asosida zaxira yerlar, bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar, qayta tiklanadigan va foydalanishga kiritiladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan qonunchilikda belgilangan tartibda ajratilishi nazarda tutilmoqda;
    • agrosanoat klasterlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash shakllarini belgilanmoqda;
    • agrosanoat klasterlari faoliyatini monitoring qilish Qishloq xo‘jaligi vazirligi zimmasiga yuklangan holda, uning mexanizmlari belgilanmoqda;
    • agrosanoat klasteri maqomini bekor qilish, ajratilgan yer ijara huquqini bekor qilish faqat sud qarori asosida amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda.
    Agrosanoat klasterlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishini ta’minlashning huquqiy asoslarini yaratish klasterlarni tashkil etishda vakolatli davlat va mahalliy hokimiyat organlarini hamda klasterlarning huquq va majburiyatlarini aniq belgilanishiga hamda agrosanoat klasterlari faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yishda davlat va mahalliy hokimiyat organlari tomonidan yer ajratish, moliyalashtirish masalalariga ko‘maklashishni ta’minlashning asosi bo‘lib xizmat qiladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    “Ushbu huquqiy asoslarning qabul qilinishi, mazkur tizimni jadal rivojlantirish, qishloq xo‘jaligida bozor munosabatlarini keng joriy etish, investitsiyalarni faol jalb qilish, qayta ishlash va eksport infratuzilmasini rivojlantirish, fermer va dehqonlarning daromadini yanada oshirish, qishloq hududlarida yangi ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi”, — deydi Qishloq xo‘jaligi vazirligi vakillari.

    20.04.2021, 13:12   Izoh (0)   55045
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shahrisabzdagi Oqsaroy majmuasiga kirish nima sababdan pulli ekaniga oydinlik kiritildi

    20.04.2021, 12:59

    Surxondaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

    20.04.2021, 12:50

    O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisiga yangi o‘rinbosarlar saylandi

    20.04.2021, 12:35

    2021—2022-yillarda Samarqandda turizm qishlog‘i va mahallalari soni beshtaga ko‘payadi

    20.04.2021, 12:21

    Stressga tushgan talabalar, bir-biridan shubhalangan yoshlar va har bir qavatga berilgan qo‘ylar. Koronavirus aniqlangan O‘zJOKU yotoqxonasida karantin qanday o‘tm...

    20.04.2021, 12:10

    Ulug‘nor prokurori tuman hokimi etib tayinlandi

    20.04.2021, 11:35
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam

     

    Tavsiya etamiz

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Los-Anjelesda noma’lum erkak odamlarga qarata o‘q uzdi

    Dunyo | 5 avgust, 23:55

    Samarqand viloyatining uchta tumaniga yangi hokimlar tayinlandi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:48

    Netanyaxu Tramp va Putin o‘rtasidagi keskinlikni yumshatish uchun vositachilik qilmoqda — OAV

    Dunyo | 5 avgust, 23:45

    Toshkentda 21 kunda fuqarolardan 1715 ta tig‘li qurol musodara qilindi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:35

    Norvegiyada 75 ming yillik hayvon qoldiqlari topildi

    Dunyo | 5 avgust, 23:25

    Donald Tramp psixikasida kognitiv muammolar bor — The Guardian

    Dunyo | 5 avgust, 23:15

    Ko‘kdala tumanida yana zapravka portladi

    O‘zbekiston | 5 avgust, 23:12

    Qirg‘iziston iqtisodiy o‘sish bo‘yicha Markaziy Osiyoda yetakchiga aylandi

    Iqtisodiyot | 5 avgust, 23:05
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.